Orlistat (Orlip) ozishga yordam beradimi? Orlip ozishga yorda | "DORIXONA"
Orlistat (Orlip) ozishga yordam beradimi?
Orlip ozishga yordam beradi. Ozish uchun kuniga 3 mahal ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin 1 soat o‘tmasdan ichish zarur.
Orlip lipaza fermenti ingibitori. U oshqozon va pankreatik lipazani ingibirlaydi, oqibatda yog‘lar parchalanmaydi. Organizm yog‘larni glitserin va yog‘ kislotalari ko‘rishinishida o‘zlashtira oladi. Parchalanmagan yog‘lar so‘rilmaydi. Organizmga yog‘ tushmagandan keyin u zaxiradagi yog‘larni safarbar qilishni boshlaydi. Qarabsizki ozishni boshlaysiz!
Zararsiz deb nom olgan ushbu preparatni ham nojo‘ya ta’sirlari bor: -qabziyat -qorinda diskomfort -qorin dam bo‘lishi -ichning suyuq kelishi -steatoreya -ichning yumshoq kelishi -ichaklarda og‘riq -tishlar va milkning zararlanishi
Doctor Muxtorov tavsiyasi.
Ozmoqchimisiz? Ozishni avvalo dorilardan emas, balki sport bilan shug‘ullanish va diyetadan boshlang! Bir kunda eng kamida 3 km yuguring yoki yog‘li va uglevodli ovqatlardan diyeta qiling! Agar yuqoridagilar yordam bermasa, shifokor maslahati bilan Orlipni qabul qilsangiz bo‘ladi.
Shifokor Maqsud Muxtorovning dori-darmonlar haqida fikr-mulohazalari berib boriladigan kanal. Dorilarni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Reklama👉 @tibbiy_reklama1...