Get Mystery Box with random crypto!

LEVOMEKOL (MAZ) ⁠ DORI SHAKLI: • Surtma (maz). TARKIBI: | "DORIXONA"

LEVOMEKOL (MAZ)

DORI SHAKLI:
• Surtma (maz).

TARKIBI:
• Metiluratsil -- 40 mg.
• Xloramfenikol .
• Makrogol.

TA'SIR QILISHIGA KO'RA:
Mikroblarga qarshi majmuaviy vosita. Teri to'qimasini , ya'ni etni o'stiruvchi ta'sirga ega.

QO'LLANILISHI:
• Yallig'lanishga qarshi ta'sir qiladi.
• Terini quritish xususiyatiga ega
• Mikroblarga qarshi ta'sirga ega.
• Et o'stirish, terini qayta tiklanish imkoniyatini oshiradi.
• Yiring va nekrotik massalar bo'lganda antibakterial ta'sir qiladi.
• Jarohat jarayonining birinchi yiringli bosqichdagi infeksiyalarida.
• Kesilgan, tishlangan yaralangan teri sohasini tezda bitishini ta'minlaydi.
• Teri kuyganda og'riq qoldiruvchi sifatida.

QABUL QILISH USULI VA DOZASI:
• Mahalliy qo'llaniladi.
• Steril doka salfetkalar preparat bilan shimdiriladi va ular bilan jarohat yumshoq qilib to'ldiriladi.
• Yiringli bo'shliqlarga kateter orqali (drenaj trubka) shprits yordamida yuborish mumkin.
• Bundan oldin surtma oldindan 35 - 36⁰C gacha isitiladi.
• Bog'lovlarni har kuni kuniga bir marta , jarohatlar yiringli massalardan to'liq tozalanguncha o'tkaziladi.

NOJO'YA TA'SIRI:
Allergik reaksiya (teri toshmalari).

QO'LLASH MUMKIN EMAS:
• Preparatga yuqori allergik reaksiya bo'lganda.
• 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash mumkin emas.
• Yangi tug'ilgan chaqaloqlarga qo'llash mumkin emas.
• Emizish davrida qo'llash mumkin emas.

"DORIXONA" KANALI