Get Mystery Box with random crypto!

DORILAR DORIXONA APTEKA

Telegram kanalining logotibi dorilar_dorixona — DORILAR DORIXONA APTEKA D
Telegram kanalining logotibi dorilar_dorixona — DORILAR DORIXONA APTEKA
Kanal manzili: @dorilar_dorixona
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 107

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2022-11-25 22:01:51 #Aminakapron kislotaga retsept (yosh bolalarga)

Dastlab Aminakapron kislotani grni topib olishimiz kerak.

Chiqarilish shakli 5%-100ml

5%= 5 gr

100 ml------------ 5gr

100 ml-------------x= 5 gr. Demak 5 gr ekan

Bolamiz 5 yoshli bo'lsa

Dastlab tana vaznini xisoblaymiz.

10,5+2*4= 18,5 kg

Standart bo'yicha 1 yoshdan katta bolalarga 0,12gr/kg

1kg--------------0,12 gr
18,5 kg------------x= 2,22 gr

Endi qancha ml yuborishni aniqlab olamiz

5 gr--------- 100ml
2,22 gr--------x= 44,4 ml

Retsept quydagicha bo'ladi

Rp.: Sol. Acidi aminocapronici 5 % -100 ml

D.t.d.N. 5

S. 44,4 ml dorini v/i ga tomchilab yuborish uchun


Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/dorilar_dorixona
856 viewsedited  19:01
Ochish/sharhlash
2022-11-25 22:00:47 Qon suyulturivchi #antiagregantlar

Atsetilsalitsil kislotasi tarkibli vositalar:

Trombopol

Trombo ASS

Kardiomagnil

Aspirin

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/dorilar_dorixona
848 viewsedited  19:00
Ochish/sharhlash
2022-11-21 20:56:41 ​​ #LIBEKSIN

Dori shakli: tabletka

Tarkibi:
Taʼsir etuvchi modda: prenoksodiazin gidroxloridi

Farmakoterapevtik guruhi: periferik taʼsirga ega yoʻtalga qarshi vosita.

Qòllanilishi:

Kelib chiqishi turlicha boʻlgan quruq yoʻtalda (yuqori nafas yoʻllarining katarida, grippda, oʻtkir va surunkali bronxitlarda, pnevmoniyada, emfizemada, yurak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlardagi tungi yoʻtalda

Qòllash usuli va dozalari:

Kattalar uchun oʻrtacha dozasi 100 mg dan kuniga 3-4 marta (1 tabletkadan kuniga 3-4 marta) ni tashkil qiladi.

Bolalar uchun oʻrtacha doza bolaning tana vazni va yoshiga qarab belgilanadi, odatda kuniga 25-50 mg dan 3 yoki 4 marta (1/4-1/2 tabletkadan kuniga 3-4 marta).

Tabletkalar chaynalmasdan yutiladi (ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining anesteziyasidan saqlanish uchun).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

Preparatga yuqori sezuvchanlik.
– Koʻp miqdorda bronxial sekretsiya bilan kechadigan kasalliklar.
– Ingalyatsion narkozdan keyingi holatlar.
– Galaktozani oʻzlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiya sindromida qoʻllash mumkin emas.


Nojòya ta'sirlari:

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, angionevrotik shish.
Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: ogʻiz va tomoqni qurishi, ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining anesteziyasi (vaqtinchalik uvishishi va sezuvchanlikni yoʻqolishi).


Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/dorilar_dorixona
1.0K viewsedited  17:56
Ochish/sharhlash
2022-11-18 10:40:34 #Sefikon svecha

50мг 1- 3 ойлик

100 мг 3 ойликдан 3 ёшгач

250мг 3 ёдан 12 ёшгача

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/dorilar_dorixona
915 viewsedited  07:40
Ochish/sharhlash
2022-11-18 10:40:16 #Parasetamol svecha 50 100 250

1 oydan 3 oygacha chaqaloq 50 mg

3 oydan 3 yoshgacha 100 mg

3 yoshdan katta 250mg

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/dorilar_dorixona
1.1K viewsedited  07:40
Ochish/sharhlash
2022-11-15 13:12:21 #Analgin 2ml + #Dimedrol 1 ml

Har bir inson hayoti davomida eng ko'p uchratgan dorilar aralashmasi hisoblanadi !!!

Bunday aralashmani mahalliy shifokorlar o'zlari uchun qulay qilib yaratib olishgan, aslida esa bu dorilarni aralashtirib bemorga qilish hech qaysi adabiyotlarda berilmagan !!!

1 . Analgin - tarkibi Metamizol Natriy 500 mg .

Ta'sir mexanizmi : Yallig'lanish jarayonida hosil bo'luvchi va asosiy ro'lni o'ynovchi Prostoglandinlar (yallig'lanish mediatorlari) ingibitori hisoblanadi!

Qo'llanilishi :

- Og'riq qoldiruvchi
- Isitma tushuruvchi
- Yallig'lanishga qarshi

Doimiy qo'llashga berilmaydi , maksimal 1-3 kun beriladi !!!

Metamizol Natriy ko'p rivojlangan davlatlar (Evropa va Amerika) davlatlarida qo'llash taqiqlangan hisoblanadi: Zararli ta'siri ko'pligi uchun!

Qo'llash mumkun emas:

- AB bosim 100 dan past bo'lsa
- Aspirinli Astma
- Gipersezuvchanligi bo'lsa va boshqalar.

Arterial bosimni tusurib yuborishi;

Allergiyasi bo'lsa Anafilaktik shok qilishi;

Bemorni ahvolini yomonlashishiga olib kelishi mumkun!

2. Dimedrol - 10 mg difengidrazin .
- Barcha allergik jarayonlarda ishlatiladi ;
- Asal ari chaqishi
- Terida qichishish
- Kontakt dermatitlar
- O'simliklarga ta'sirchanlik
- 1 darajali kuyish holatlarida

H-1 gistamin blokator
Mexanizmi : bilamiz har qanday yallig'lanish va allergik jarayonlar asosida "Gistamin" moddasi yotadi;

Yalliglanish jarayoni boshlanganda endotoksinlarni Semzi hujayralarga tasiri natijasida ulardan Gistamin ajralishni boshlaydi;

- Qon tomirlarni kengaytiradi
- O'tgazuvchanlikni oshiradi
- AB tushuradi
- Shish chaqiradi
- Terida qichishish
- Allergik jarayonlar

H-1 retseptorlani bloklash orqali shu jarayonlarni oldini olinadi yoki to'xtatilishi mumkun .

Qisman :
- Qusishga qarshi
- Spazmolitik
- Og'riq qoldiruvchi ta'siri bor

Uyqu chaqirish hususiyatiga ega;
Doimiy ravishda ishlatish mumkun emas , faqat allergik jarayonlar bo'lsagina ishlatiladi .

BU PREPARATLAR FAQATGINA SHIFOKOR TAVSIYASI VA NAZORATI BILAN QO'LLANILADI

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/dorilar_dorixona
1.4K viewsedited  10:12
Ochish/sharhlash
2022-11-15 13:10:58 #Natriy_Gidrokarbonat

Ishqoriy hususiyatga ega ;

Alkaloz qiladi ya'ni organizmdagi atsidozni oldini oladi.

Me'da retseptorlariga ta'sir qilib HCl kislotani neytrallaydi , antatsid vazifasini bajaradi!

Gastrin sintezini kamaytiradi!

Qo'llanilishi :
- Gastrit
- Yara
- Bronxial Astma

Chiqarish Shakli
4 % 100 , 200 , 400 ml shakllari mavjud.

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/dorilar_dorixona
948 viewsedited  10:10
Ochish/sharhlash
2022-11-14 21:25:19 ​​ #YURAK_GLIKOZIDLARI

Digoksin

– Chiqarilish shakli: 0,1 mg tabletka va 1 ml 0,025 % li eritma

Selanid

– Chiqarilish shakli: 0,25 mg tabletka va 1 ml 0,02 % li eritma

Korglikon

– Chiqarilish shakli: 1 ml 0,06 % li eritma

Strofantin

– Chiqarilish shakli: 1 ml 0,05 % li eritma

Adonis òti damlamasi

Glikozidlarini kardial ta'sirlari:

Musbat inotrop

Manfiy dromotrop

Manfiy xronotrop

Miqdori oshirilganda musbat batmatrop

Musbat tonotrop

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/dorilar_dorixona
801 viewsedited  18:25
Ochish/sharhlash
2022-11-14 21:24:34 ​​ #RINOKSIL FORMULA

Dori shakli: nazal sprey

Tarkibi:

• faol modda: oksimetazolin gidroxloridi
• yordamchi moddalar: levomentol, ratsemik kamfora, evkalipt moyi, natriy digidrofosfati, natriy edetati, benzalkoniy xlorid eritmasi, propilenglikol, tozalangan suv

Farmakoterapevtik guruhi:
 Dekonjestan - α-adrenergik agonist

Qoʻllanilishi:

rinit, o'tkir allergik rinit
– pichan isitmasi
– sinusit, yevstaxiitda, otit
– nazofarengeal shilliq qavatning
shishishini kamaytirish uchun
– bemorni burun yo'llarida diagnostika
jarayonlariga tayyorlash



Qoʻllash usuli va dozalari:

Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarda - har bir burun yoʻliga bir martadan sepiladi.
Sepishni toʻgʻri bajarish uchun sepgichni vertikal, uchlik yuqoriga yònaltirilgan holda ushlash kerak. Soʻngra shaffof himoyalovchi qopqoqchani yechish, uchlik burun yoʻliga kiritish, tez bir marta sepgichni bosish va sepgichni boʻshatmasdan burundan chiqarib olish kerak. Sepish vaqtida burundan biroz havo olish lozim, bu oksimetazolinni optimal yuborilishiga yordam beradi.
Sepish vaqtida boshni orqaga tashlash tavsiya etilmaydi. Davolanishning maksimal mumkin boʻlgan davomiyligi - 5 kun.


Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:

– preparatga yuqori sezuvchanlik
– atrofik rinit, gipertireoz
– burun yoʻllarining sekret ajratib
chiqarishisiz boʻlgan yalligʻlanishi
– 6 yoshgacha boʻlgan bolalar
– homiladorlik va laktatsiya
davrida

Nojoʻya taʼsirlari:

Burun yoʻllarining shilliq qavatining taʼsirlanishi, achishishi va torayishi, gipersekretsiya
Bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, havotirlik, qoʻzgʻalish, taxikardiya, koʻngil aynishi, arterial bosimni oshishi, burun va tomoqning qurishi, aksirish, burun qavatining giperemiyasi va atrofiyasi kuzatilishi mumkin.


Narxi: 15700 so'm
"Флумед-Фарм" ООО Молдова

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/dorilar_dorixona
955 viewsedited  18:24
Ochish/sharhlash
2022-11-10 19:02:24
#TummiKol

Qòllanishi:

- Qorindagi spazm
- Meteorizm
- Diareya
- Qusish
- Og'riq
- sedativ
- yel haydovchi

Dozalari:

- 2-4haftalikda 2,5 mldan 3mahal
- 1-6oylik 5mldan 3mahal
- 6 oylikdan 10mldan 3mahal


Chaqaloqlarda oshqozon ichak kasalliklarida qòllashni tavsiya qilaman.

1. Espumizam+tummikol

2. Espumizam+tummikkol+kreon

3. Pikolaks+tumikol+kreon


Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/dorilar_dorixona
907 viewsedited  16:02
Ochish/sharhlash