Get Mystery Box with random crypto!

​​ L - #lizin_essinat Dori shakli: inyeksiya uchun eritma | DORILAR DORIXONA APTEKA

​​ L - #lizin_essinat

Dori shakli: inyeksiya uchun eritma

Tarkibi:

faol modda: L - lizin essinat

Farmakoterapevtik guruhi: Vazoprotektorlar. Kapillarlarni barqarorlashtiruvchi vositalar.

Qòllanilishi:

— bosh va orqa miyaning ogʻir shishlari, shu jumladan bosh suyagi ichki qon quyilishlari, bosh miya ichki bosimini oshishi, shishish koʻrinishlari
– bosh miya qon aylanishini surunkali buzilishi va vegeto-tomirli distoniyada likvor-venozli buzilishlar
– tayanch-harakat apparatini jalb qilingan qon bilan taʼminlanishini lokal buzilishlari va ogʻriq sindromi bilan kechadigan yumshoq toʻqimalarning shishi
– umurtqa pogʻonasi, gavda, oyoq-qoʻllarning shish-ogʻriq sindromi; shish-yalligʻlanish sindromi bilan kechuvchi oʻtkir tromboflebitda oyoqlarning venoz qon aylanishini ogʻir buzilishida qoʻllanadi


Qoʻllash usuli va dozalari
:

Preparat qatʼiy vena ichiga (arteriya qon tomiriga yuborilmasin!) 5-10 ml sutkalik dozada sekin yuboriladi. Vena ichiga tomchilab yuborish tavsiya etilgan. Infuzion eritma tayyorlashda L-lizina essinat natriy xloridning 15-50 ml 0,9% li eritmasida eritiladi.
Davo muddati va dozalash shifokor tomonidan belgilanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda
– qon ketishini faol davom etishi
– buyrak funksiyasini ogʻir buzilishi
– jigar funksiyasini ogʻir buzilishi
– homiladorlik
– emizish davri
– 1 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.

Nojòya ta'sirlari:

allergik reaksiyalar
– markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, tremor, paresteziya,
– jigar va biliar tizimi tomonidan: transaminaza va bilirubin darajasini oshishi
– meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: koʻngil aynishi, yakka hollarda – qusish, diareya, qorinda ogʻriq;
– yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, arterial gipertenziya, taxikardiya
– nafas aʼzolari tomonidan: yakka hollarda – havo yetishmaslik hissi, hansirash, bronxoobtruksiya, quruq yoʻtal


Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/dorilar_dorixona