Get Mystery Box with random crypto!

​​ #ANALGIN Dori shakli: inyeksiya uchun 2 ml 50%li eritm | DORILAR DORIXONA APTEKA

​​ #ANALGIN

Dori shakli: inyeksiya uchun 2 ml 50%li eritma

Tarkibi: Metamizol natriy 0,5 g

Farmakoterapevtik guruhi: analgetik-antipiretik

Qòllanilishi:

isitma sindromi yallig’lanish va infeksion kasalliklarda, hasharotlar: ari, chivin, sònalar chaqqanda

– oģriq sindromi: buyrak sanchiģi, òt sanchiģi, ichak sanchiģi, artralgiya, operatsiyadan keyingi oģriq, mialgiya, radikulit, tish oģriģi, kuyishda, bosh oģriģi


Qòllash usuli:

M/i yoki V/i ga (kuchli oģriqlarda)
– Kattalarga 250 - 500 mg dan sutkada 3 marta maksimal 1martalik dozasi-1 g sutkalik doza-2g
‐ Bolalarga 5-10 mg/kg hisobiga sutkada 2-3 marta
– 1 yoshgacha bòlgan bolalarga faqat mushak orasida
– Inyeksa uchun eritma tana haroratida bòlishi kerak


Qòllash mumkin bòlmagan holatlar:

Jigar va buyrak yetishmovchiligi, anemiya, leykopeniya, me'da-ichak yara kasalligi zòrayish bosqichida
– Homiladorlik(1-3oylikda va oxirgi 6 xaftada) laktatsiya davri 3oylikgacha bòlgan bolalarga


Nojòya ta'sirlari:

Allergik reaksiyalar ( teri toshmalari, eshakemi, Kvinke shishi, kam hollarda anafilaktik shok)
– Siydik chiqarish sistemasida: oligouriya, proteinuria, anuriya, intersitaial nefrit, siydik rangi qizarishi
– Qon yaratuvchi a'zolar tomonidan: agranulotsitoz, leykopeniya, trombositopeniya
– Arterial bosim pasayishi


Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/dorilar_dorixona