Get Mystery Box with random crypto!

Erkaklarda sistit Ko’pchilik sistit faqat ayollarga xos kas | Planbaby.uz Sog'lomlashtirish Markazi

Erkaklarda sistit

Ko’pchilik sistit faqat ayollarga xos kasallik deb o’ylaydi. Lekin bu kasallik erkaklar orasida ham uchrab turadi.
Sistit - siydik pufagi (qovuq) devorining yallig'lanishidir. Odatda, sistit siydik kanali orqali siydik pufagiga bakteriyalar kirishi natijasida rivojlanadi. Uning kelib chiqishi sabablari sifatida esa quyidagilarni keltirish mumkin:
Buyrak kasalliklari
• Gormonal fonning buzilishi
• Qabziyat va ichak kasalliklari
• Sintetik va tor ichki kiyimlar kiyish
• Immunitetni zaiflashtiruvchi kasalliklar

Erkaklarda sistit ko’pincha o’tkir va surunkali prostatit bilan namoyon bo’ladi. Belgilari:
Tez-tez peshob chiqarish;
• Peshob chiqarish paytida og’riq;
• Bel va qorinning pastki qismida og’riq;
• Siydik rangining o’zgarishi;
• Siydikda yot aralashmalar paydo bo’lishi;
• Isitma

Erkaklarda uchraydigan sistit haqida video orqali batafsil bilib oling.

Telegram Chat |Instagram | Youtube