Get Mystery Box with random crypto!

#Xayrli_tong DIOHEN (DIOGEN) Bir bolaning hovuchlab suv icha | Planbaby.uz Sog'lomlashtirish Markazi

#Xayrli_tong

DIOHEN (DIOGEN)

Bir bolaning hovuchlab suv ichayotganini ko‘rgan Diohen xaltasidan piyolasini oldi-da: «Bola oddiylik bobida mendan ham o‘zib ketdi», — deb tashlab yubordi.

Bir odam qog‘ozga yozilgan uzundan-uzoq ma’ruzasini o‘qib berardi. Qog‘oz o‘ramining oxiridagi yozuvsiz joyga ko‘zi tushgan Diohen xitob qildi: «Bardam bo‘linglar, birodarlar, sohil ko‘rinayapti!»

Qaysi vaqtda nonushta qilmoqlik lozimligi xususida savol bergan odamga Diohen shunday javob beradi: «Agar badavlat bo‘lsang, istagan vaqtingda, qashshoq bo‘lsang, qurbing yetgan vaqtda nonushta qilishing mumkin».


@DoraLine_company