Get Mystery Box with random crypto!

MUHABBAT SEN... Muhabbat, sen chiroyli, Muhabbat, sen go‘zals | Dono soʻzlar

MUHABBAT SEN...

Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go‘zalsan.
Tag‘in bir zum turaylik,
Gapirmayman, uyalsang...
__________________________
So‘ng ketarmiz. Sezdimki
Men orzuga yetmadim.
Seni shunday sevdimki
Qo‘lingdan ham tutmadim.
__________________________
Qo‘ling... sening qo‘llaring,
Muloyimdir ehtimol.
Ayri tushdi yo‘llarim,
Sevar yorim, yaxshi qol.
__________________________
Muhabbat, unut meni,
Va men ham... unutmayman.
Tushlaringda kut meni,
Tushlaringga kirgayman...
__________________________
Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go‘zalsan.
Kel, ko‘rishib turaylik,
Salomlashmay, uyalsang.
__________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri

Sarvara ijrosi

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi