Get Mystery Box with random crypto!

Taroveh namozi haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam | Ro’zimurod IT Blog

Taroveh namozi haqida

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tarovehning fazilatlari haqida shunday dedilar:

«Banda birinchi kechada o‘qigan tarovehi uchun gunohlari to‘kilib, onadan yangi tug‘ilgandek bo‘ladi.
Ikkinchi kechada o‘qisa, mo‘min ota-onasining gunohlari kechiriladi.
Uchinchi kechada o‘qisa, Arshning tagida turgan farishta: «Amalingni ixlos bilan qil, Alloh seni mag‘firat qildi», deydi.
To‘rtinchi kechada o‘qisa, Alloh taolo Zabur, Tavrot, Injil va Qur’onni o‘qiganning savobini beradi.
Beshinchi kechada o‘qisa, uch buyuk masjidda namoz o‘qiganning savobi beriladi.
Oltinchi kechada o‘qisa, Baytul-ma’murni ziyorat qilganning savobi beriladi.
Yettinchi kechada o‘qisa, Muso alayhissalomga najot berilganidek, najot topadi.
Sakkizinchi kechada o‘qisa, Ibrohim alayhissalomga berilgan ne’matlar beriladi.
To‘qqizinchi kechada o‘qisa, Muhammad alayhissalomning sunnatlarini ado qilgan bo‘ladi.
O‘ninchi kechada o‘qisa, dunyo va oxirat rizqlari ato etiladi.
O‘n birinchi kechada o‘qisa, onadan yangi tug‘ilgandek pok bo‘ladi.
O‘n ikkinchi kechada o‘qisa, Qiyomat kuni o‘n to‘rt kunlik oydek kirib keladi.
O‘n uchinchi kechada o‘qisa, Qiyomat kuni yomonliklardan omonlikda keladi.
O‘n to‘rtinchi kechada o‘qisa, Qiyomat kuni unga farishtalar guvohlik beradilar.
O‘n beshinchi kechada o‘qisa, farishtalar unga salavot aytib turadilar.
O‘n oltinchi kechada o‘qisa, farishtalar: «Do‘zaxdan ozod bo‘ldi, jannatga kirishi vojib bo‘ldi», deb guvohlik beradilar.
O‘n yettinchi kechada o‘qisa, anbiyolarga ato etilgan yaxshiliklar ato etiladi.
O‘n sakkizinchi kechada o‘qisa, bir farishta: «Ey Allohning bandasi, Alloh sendan va ota-onangdan rozi bo‘ldi», deb nido qiladi.
O‘n to‘qqizinchi kechada o‘qisa, bandaning darajoti yuksaladi.
Yigirmanchi kechada o‘qisa, shahidlar va solihlarga beriladigan ajrlar beriladi.
Yigirma birinchi kechada o‘qisa, jannatda nurdan bir uy bino qilinadi.
Yigirma ikkinchi kechada o‘qisa, oxirat g‘amlaridan ozod bo‘ladi.
Yigirma uchinchi kechada o‘qisa, Alloh taolo uning uchun bir shahar quradi.
Yigirma to‘rtinchi kechada o‘qisa, Alloh uning duosini ijobat qiladi.
Yigirma beshinchi kechada o‘qisa, qabr azobidan ozod bo‘ladi.
Yigirma oltinchi kechada o‘qisa, qirq yillik nafl ibodatning savobiga erishadi.
Yigirma yettinchi kechada o‘qisa, Sirotdan chaqmoqdek tez o‘tib ketadi.
Yigirma sakkizinchi kechada o‘qisa, darajoti ming pog‘ona ko‘tariladi.
Yigirma to‘qqizinchi kechada o‘qisa, maqbul haj qilgan hojining ajri beriladi.
O‘ttizinchi kechada o‘qisa, «Ey bandam, jannat mevalaridan yegin, salsabil buloqlarida cho‘milgin, Kavsardan ichgin. Men sening Robbingman, sen Mening bandamsan!» deyiladi»

Fotima Sulaymon qori qizi, "Mohi Ramazon muborak" kitobi.

@webdev_DR