Get Mystery Box with random crypto!

Ustoz Shifudan 100 ta dars 2-dars: Tarmoqdagi firibgarlar Pa | Doniyor BekMuhammad

Ustoz Shifudan 100 ta dars

2-dars
: Tarmoqdagi firibgarlar

Panda!

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanar ekansan, har har zamon Tanzaniyadan tog'ang, Tailanddan amaking, Madagaskardan esa katta xolang paydo bo'lib qolishi mumkin:

-Salom Panda!
Sizni topish oson bo'lmadi.
Men Madagaskardagi Katta xolangizning advokati bo'laman. Xolangiz vafot etdi va 1,2 million dollar pulini Sizga vasiyat qilib ketdi.
Visa card yoki hisob raqamingizni jo'natib, ozgina pul o'tkazish foizlariga xarajat qilsangiz
Bla bla bla...

Ikkala qulog'ing bilan eshitib ol Panda!
Agar go'llik qilib nefrit saroyimizning hisob raqamini, berib, tranzaksiya uchun pul o'tkazib yoki shaxsiy ma'lumotlar berib yuboradigan bo'lsang, o'sha kuniyoq seni Ganalik tobut ko'taradigan amakilaringga topshirib yuboraman!

Sodda bo'lma.
Ular qip-qizil firibgarlar.

#UstozShifu