Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar o‘rtasida butun Respublika bo‘yicha juda katta loyih | Isroil Tillaboyev blogi

Talabalar o‘rtasida butun Respublika bo‘yicha juda katta loyihaga start berilmoqda.

Xullas, 2-kursni bitirgan talabalar o‘qishdan uzilmagan holda yana nir kasb, o‘z sohasiga doir "Data analitika" kasbini o‘rganib chiqish imkoniyati va IELTSga bepul tayyorlovni qo‘lga kiritishi mumkin.

Ushbu loyihada Yoshlar ishlari agentligi ham hamkor tashkilot sifatida qatnashadi, ishchi guruhda a'zo sifatida Agentlik nomidan men qatnashmoqdaman.

Loyiha bilan tanishib chiqib uning juda zo‘r maqsadni ko‘zlaganiga guvoh bo‘ldim. Talabalarga bepul issiq ovqat, noutbuk, bir million so‘mdan oshiq stipendiya beriladi, talabadan birgina narsa talab etiladi: "Data analitika" kasbi va IELTSni bepul o‘rganish!

Mana shu va yuqoridagi e'lonni talabalar guruhlariga ko‘proq tarqatishlaringizni so‘rab qolaman.

Bunday zo‘r imkoniyat O‘zbekistonning hamma Oliy ta'lim yurtlari talabalari uchun berilmoqda, barcha talabalar o‘z imkonoyatini maksimal sinab ko‘rishsin, qaysi sohada o‘qiyotganidan qat'iy nazar.

Ariza topshirish uchun:
https://dscience.uz/register/students/uz

@domlajon
t.me/domlajon