Get Mystery Box with random crypto!

OTMlarga kirish test sinovlari yopiq binolarda oʻtkaziladi  | Isroil Tillaboyev blogi

OTMlarga kirish test sinovlari yopiq binolarda oʻtkaziladi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga koʻra, 2023/2024-oʻquv yili uchun respublika OTMlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha aksariyat test sinovlari taʼlim muassasalari oʻquv binolarida taʼlim jarayoniga xalaqit qilmaslik uchun haftaning dam olish (shanba va yakshanba) kunlarida oʻtkaziladi.

Bugungi kunda 2023/2024 oʻquv yili uchun test sinovlari oʻtkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olingan hamda ularning reja chizmalari tayyorlanib, mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan. 

Shuningdek, test sinovlari oʻtkaziladigan 15 ta umumtaʼlim fanidan 26 ming 520 ta va qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman) tillardan 2 ming 400 ta test topshirigʻi shakllantirilgan va ekspertizadan oʻtkazilgan. 

Keng jamoatchilik orasidan test sinovlarida guruh nazoratchiligiga nomzod sifatida roʻyxatdan oʻtgan 8 ming 956 nafar talabgordan 4 000 nafarga yaqini saralab olingan va ular bilan shartnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Yoshlarga oid eng yaxshi xabarlarni kanalimizda kuzatib boring
t.me/domlajon
@domlajon