Get Mystery Box with random crypto!

#istiqbolli_tashabbuslar Bugundan maktablarimizda ustozlarimi | Isroil Tillaboyev blogi

#istiqbolli_tashabbuslar

Bugundan maktablarimizda ustozlarimiz tomonidan eng yaxshi istiqbolli tashabbuslaringizni yuborsangiz yoritib boramiz.
Mana bu xabarni Farg‘onadan yuborishdi, yaxshi g‘oya
:

Assalomu alaykum hurmatli Isroiljon Tillaboyev!

Men Joʻrayeva Mavjudaxon Beshariq tumanidagi 42-maktabda 24 yildan buyon geografiya fanidan oliy toifali oʻqituvchiman.

Toʻgarak mashgʻulotlarini jonlantirish maqsadida radiouzel tashkil etib, oʻquvchilar bilan radioeshittirish tayyorlash gʻoyasi xayolimga keldi. Fikrimni direktorimiz qoʻllab-quvvatladilar.
Hozirgi texnika asrida bu narsa qiziqarli emas deguvchilar ham boʻldi. Lekin biz urinib koʻrdik.
Oʻquvchilar juda qiziqib qolishdi.
Qachon eshittirish yozamiz deb meni izlab yuradigan boʻlishdi. Oʻzimizni muxbirlardek his qilyapmiz deb qoʻyishadi. Tinglovchilar har sonini kutadigan boʻlishdi. Oʻquvchilarni ortimdan ergashtirganimdan yosh bolalardek quvondim rosti.
Isroiljon kichik quvonchimni siz bilan boʻlishmoqchiman. Bir eshitib koʻring.

https://t.me/domlajon
@domlajon