Get Mystery Box with random crypto!

'Agar qonunlar belgilangan tartibda ishlaganida, mushtumzo‘rga | Isroil Tillaboyev blogi

"Agar qonunlar belgilangan tartibda ishlaganida, mushtumzo‘rga tegishli jazo berilib, jabrdiydalar himoya qilinganda edi, video internetga chiqishigayam, jamoatchilikning junbishga kelishigayam hojat qolmasdi."

Pedagog va bloger Isroil Tillaboyevning fikriga qo'shilaman. Najot internetda bo'lib qoldi. Biron bir voqea ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilib, jamoatchilik orasida rezonansga sabab bo'lsa, qonun ishlashga majbur bo'lmoqda.

“Bu keysni fevral boshida Senatda ishchi guruh yig‘ilishida tilga olgandim. Zalda senatorlar, Adliya vazirligi, Oliy sud va boshqa instansiyalar vakillari o‘tirishgandi. Eshitishdi, shokka tushishdi, hech narsa qilishmadi”, degan edi Irina Matviyenko Xorazmdagi rezonansga sabab bo'lgan ish (amaldorlarning mehribonlik uyu tarbiyalanuvchilarini bir necha oy davomida zo'rlab kelgani) haqida.

Xorazmda bir necha erkak tomonidan zo'rlangan voyaga yetmagan qizning yaqinlari murojaatiga esa prokuror “Qizingiz nega kechki payt ko‘chaga chiqdi?”, deya javob bergan. Bu holatda ish jamoatchilikka ma'lum qilingandan keyin Bolalar Ombudsmani ishni alohida nazoratga olishlarini so'rab tegishli organlarga xat yuborgan.

"O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar." Konstitutsiyaning amaldagi tahriri 15-moddasi.

30-apreldan keyin qonunlar jamoatchilik rezonansisiz ham ishlaydigan bo'ladimi?