Get Mystery Box with random crypto!

#bilasizmi 'Школа' ya'ni ''maktab'' so'zi - qadimgi yunon til | Isroil Tillaboyev blogi

#bilasizmi

"Школа" ya'ni ''maktab'' so'zi - qadimgi yunon tilidagi "scole" - dam olmoq degan ma'noni anglatadi.

Mil.avv. I asrda Qadimgi Yunonistonda jamoat joylarida dam olish uchun aylana shakldagi o'tirg'ichlar o'rnatilgan bo'lgan. U yerda har doim oratorlar(ma'ruzachi, va'z o'quvchilar) bo'lishgan va ularning har doim tinglovchisi bo'lgan. Chunki ular hayotiy masalar haqida juda foydali maslahatlar berishgan. Asta-sekinlik bilan "o'qituvchi" va "o'quvchilar" uchun maxsus joy talab qilina boshlagan. Shunday qilib dastlabki maktablar vujudga kela boshlagan. Dastlab bu joy nomi "sxola" deb nomlangan.

https://t.me/domlajon
@domlajon