Get Mystery Box with random crypto!

Qadrli do‘stlar, yoshlar o‘rtasida juda katta ishlarni,  turli | Isroil Tillaboyev blogi

Qadrli do‘stlar, yoshlar o‘rtasida juda katta ishlarni,  turli foydali loyihalarni yo‘lga qo‘yayotgan ulkan jamoa safiga qo‘shildim:
Alisher Sa'dullayev boshchiligidagi Yoshlar ishlari agentligi jamoasida mehnat faoliyatimni davom ettiraman!

Men faoliyat yuritadigan boshqarmam ayni sizlar bilan yanada ko‘proq ishlaydigan - volontyorlikni rivojlantirish va ta'lim muassasalarida yoshlarga oid istiqbolli g‘oyalarni qo‘llab quvvatlash boshqarmasi.

Endilikda mazkur ishchan, tinib tinchimas, tashabbuskor yoshlardan iborat  jamoa bilan birgalikda yoshlarimiz uchun olib boradigan loyihalarimizni, ko’proq chet tillari, kitobxonlik, intellektual o’yinlar va madaniyat haqidagi eng so‘ngi tashabbuslarimiz haqida yozib siz va o‘quvchilarni xabardor qilib boraman.
Sizlarda ham yaxshi g‘oyalar bo‘lsa birga o‘ylab ko‘ramiz.

Bunda sizlarning yordamlaringiz yanada ko‘proq kerak bu borada, o‘qituvchi sifatida bizning loyihalarimizga o‘z o‘quvchilaringizga yetkazib, birgalikda qatnashishlaringizni kutib qolaman. Kanalimga o‘quvchilar va talabalaringizni ham qo‘shishda yordamlaringizni ayamaysizlar, @domlajon so‘zini yozasizlar ustiga bosgach a'zo bo‘laverishadi. Rahmat hammaga.
Alloh o‘zi qo‘llasin.

https://t.me/domlajon
@domlajon