Get Mystery Box with random crypto!

17-Noyabr talabalar kuniga baģishlanadi. #tabrik_sher Deka | Davlat Test Markazi

17-Noyabr talabalar kuniga baģishlanadi. #tabrik_sher

Dekanatlar arzda bo‘lsa ham,
Cho‘ntagimiz qarzda bo‘lsa ham,
Kutilmagan tarzda bo‘lsa ham,
Ey!
kursdoshlar qachon o‘tiramiz?

Dasturxon ham juda chiroyli,
O‘rtadagi ''menyu'' tufayli,
Stipendiya tushmasa ham mayli,
Ey!
kursdoshlar qachon o‘tiramiz?

Sof kulgu, jaydari so‘zlar,
G‘animatdir bu issiq yuzlar,
To‘liq bo‘lolmasa ham qizlar,
Ey
! kursdoshlar qachon o‘tiramiz?

Beozor ko‘ngildan yechsak g‘am,
Bir kunlik uyqudan kechsak ham,
Nonga qo‘shib pepsi ichsak ham,
Ey
! kursdoshlar qachon o‘tiramiz?

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/5LEUGpyDXXs2YjRi