Get Mystery Box with random crypto!

​ Ro‘zadormisiz Bir necha yigit Ramazon oyida bir mo‘ysafid | DOLLAR RUBL KURSLARI

​ Ro‘zadormisiz

Bir necha yigit Ramazon oyida bir mo‘ysafid otaxonning odamlar ko‘zidan pana joyda taom yeyayotganini ko‘rib qolishibdi:
- Iye, Otaxon! Siz ro‘zadormasmidingiz?

Otaxon:
- Nega? Albatta ro‘zadorman. Faqat suv ichib, taom yeyapman, xolos.
Yigitlar qah-qah kulib yuborishibdi:
- Rostdanmi Otaxon?

Otaxon dedi:
• Kimsaga yomon nazar tashlamayman,
• Birovni mazax qilmayman,
• Insonlarni g‘iybat qilmayman,
• Hech kimning ko‘ngliga ozor yetkazmayman,
• Odamlar bilan qo‘pol muomala qilmayman,
• Birovning moliga ko‘z olaytirmayman.
• Lekin... ming afsuski kasalim bor... Oshqozonim kasal. Shunga me’damni ro‘zador qilolmayapman.

So‘ngra otaxon yigitlardan so‘radi:
- Sizlar ham ro‘zadormisizlar bolalarim.

Yigitlardan biri hijolatdan boshini egib ohista ovozda javob qaytardi:
- Yo‘q! Biz faqat ovqat yemayapmiz, xolos.

Aziz qadrdonim! Siz ro‘zadormisiz

@dollirkursi