Get Mystery Box with random crypto!

Nevroz — uzoq davom etadigan funktsional psixogen buzilishlar | Doktor Ergashev

Nevroz — uzoq davom etadigan funktsional psixogen buzilishlar majmuasi. Bunday buzilishlarning klinik tasviri astenik, o’rnashib qoladigan fikrlar yoki jazava belgilari, shuningdek, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatining vaqtinchalik pasayishi bilan ta’riflanadi.

Nevrozning 3 turi farqlanadi: nevrasteniya (tom ma’noda nevroz), isteriya va miyadan ketmaydigan fikrlar nevrozi

Nevroz belgilari turli-tuman bo‘lib, ular ichida tez-tez asabiylashish, jahldorlik, uyqu buzilishi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, yurak urib ketishi, parishonxotirlik, aqliy va jismoniy mehnat faoliyatining pasayishi kabi simptomlar ko‘p kuzatiladi.

Davolash tibbiy psixolog, neyropsixolog va nevropatologlar tomonidan olib boriladi. Asab buzilishi bilan bog‘liq bu kasallik tibbiy-psixologik muolajalardan so‘ng samarali davolanadi.

Manba: Zarifboy Ibodullayev,
«Asab va ruhiyat»