Get Mystery Box with random crypto!

⚕️ Bosh ogʻrigʻining tibbiy tomondan koʻplab sabablari boʻlib, | Doktor Ergashev

⚕️ Bosh ogʻrigʻining tibbiy tomondan koʻplab sabablari boʻlib, bu faqat boshning oʻziga bogʻliq boʻlmay balki qon aylanishni buzilishi, har xil infeksiyalar, bosim oʻzgarishi ,har xil shovqinlar, koʻzning charchashi, oʻsma kasalliklari, uyqusizlik, zararli odatlar va boshqa koʻplab taʼsirlar bosh ogʻrigʻining kelib chiqishiga sabab boʻladi.

Ruhiy tomondan esa bosh ogʻrigʻi koʻpincha muammolari, tashvishlari koʻp va bularga yechim topolmayotgan insonlarda kuzatlladi. Ular shu muammolar haqida oʻylayverib muskullar taranglashib va insonning qalbi huzur topmagani uchun bosh ogʻrigʻi kelib chiqadi.

Bosh ogʻrigʻini davolashda uni keltirib chiqargan sababga qarab davo chorasi qoʻllaniladi. Agar biron bir tanadagi oʻzgarishlar orqali bosh ogʻriyotgan boʻlsa unda oʻsha oʻzgarishlarnu toʻgʻirlash kerak boʻladi. Bundq shifokorga uchrashib kasallikni aniqlash kerak boʻladi. Agar bosh ogʻrigʻi ruhiyat bilan bogʻliq boʻlsa bunda muammoni hal qilish kerak boʻladi bunda koʻpincha psixolog va psixoterapevtlarga murojaat qilish zarur

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Tik tok | Odnoklassniki