Get Mystery Box with random crypto!

Bu holat yuzasidan turli xil qarashlar va nazariyalar mavjud b | Doktor Ergashev

Bu holat yuzasidan turli xil qarashlar va nazariyalar mavjud boʻlib men hozir sizlarga oʻzim ishongan eng asosiy ikkitasi haqida maʼlumot bermoqchiman

Birinchi nazariyaga koʻra tushlarning oʻngidan kelishi koʻproq tushga ishonadigan insonlarda kuzatiladi yaʼni inson tushida koʻrgan narsasiga juda qattiq ishonishi natijasida hayotida shu narsa sodir boʻladi, xuddi tortishish qonuniga oʻxshab yaʼni siz biron narsa haqida juda koʻp oʻylasangiz u albatta sizning hayotingizda sodir boʻladi.

Ikkinchi nazariyaga koʻra insonning bosh miyasida epifiz bezi qadimgi taʼlimotlarga koʻra kelajakni koʻrish va voqealarni oldindan his qilish vazifasini bajaradi. Ayrim insonlarda bu bez nisbatan kuchli ishlagani uchun ular voqealarni oldindan koʻrish, koʻrgan tushlarining ijobat boʻlishi kabi qobiliyatlarga ega boʻlishadi. Bashoratchilarda bu bez juda aktiv boʻladi.

Tush koʻrayotganda insonning ongi oʻchib uning ong osti faollashadi, bunda insonning keraksiz boʻlgan oʻy-xayollari tormozlanib uning botiniy ongi ravonlashadi va insonlar bashoratli tushlar koʻrishlari mumkin boʻladi.

Lekin baʼzi bir tushlar bor ular bor yoʻgʻi oʻylagan fikr xayollarimizning uxlaganda aralashib ketishidir. Bunday tushlar hech qanday maʼnoga ega boʻlmaydi