Get Mystery Box with random crypto!

.

Telegram kanalining logotibi doizarb_dtm — . D
Telegram kanalining logotibi doizarb_dtm — .
Kanal manzili: @doizarb_dtm
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6
Kanalning ta’rifi

Davlat Test Markazi norasmiy kanali.
✓ Ta'limdagi eng so'ngi yangiliklar;
✓ Ta'limga doir savolarga javoblar;
«Barcha abituriyentlarga omad yor bo'lsin!»
📈 Reklama xizmati: @Rek_info

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2022-09-15 07:30:27 Banklarda ta’lim krediti uchun alohida mas’ullar belgilandi

Ma’lumki, hukumat qarorlari bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan.

Ushbu jarayonlarda kredit oluvchilarga qulaylik yaratish va amaliy ko‘mak berish maqsadida ta’lim kreditlari taklif etayotgan tijorat banklarida alohida mas’ullar belgilandi.

Ta’lim krediti ajratuvchi banklar:

Agrobank;
Aloqabank;
Asakabank;
Hamkorbank;
Ipotekabank;
Mikrokreditbank;
Milliybank;
OrientFinancebank;
Qishloqqurulishbank;
Sanoatqurilishbank;
Turonbank;
Xalqbanki.

Bank nomlariga biriktirilgan ilovalarni yuklab olib, barcha ta’lim kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Safimizga qo‘shiling:
https://t.me/joinchat/5LEUGpyDXXs2YjRi
7.5K views04:30
Ochish/sharhlash
2022-09-14 09:50:32 Super-kontraktda o‘qiganlardan odam chiqmaydimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda doim super-kontrakt mavzusi muhokama markazida bo‘ladi. O‘qishga kira olmaganlar, ko‘proq pul evaziga talaba bo‘lishadi, bu esa kelajakda taʼlim sifatini tushiradi, malakasiz kadrlarni ko‘paytiradi, degan fikrlar aytiladi.

Bu fikrlarning ayrimlari to‘g‘ri, ammo ko‘pchiligiga qo‘shilmayman. Asoslashga harakat qilaman:

Birinchidan, aslida biz orzu qilayotgan oliy taʼlim tizimida o‘qishga kirish oson bo‘lishi kerak. Yaʼni kim hujjat topshirsa o‘qishga kira olishi kerak, maktabni tugatgan bo'lsa bo'ldi, bilimi bor yoki yo‘qligi kirish jarayonida muhimmas. Uyog‘ini eplasa — diplom oladi, eplay olmasa — o‘qishni tugatolmaydi. O‘zimiz doim shunaqa bo'lishini, kvotalar oshishini talab qilamizu, lekin yana o‘zimizga qarshi borib, bugun o‘qishga kirayotganlarni "nega bu talaba bo‘ldi, bilimi yo‘qku" deymiz. Aytmoqchimanki, bilimsizlarning o‘qishga kirishi xavfli yoki qo‘rqinchli emas, ularning bilimsiz bo‘lib 4 yildan keyin diplom olishi qo‘rqinchli;

Ikkinchidan, o‘qishga kirganlarning hammasi ham bilimli degani emas. Masalan, O‘zbekistonda har yili kirish ballari past bo‘ladi. 56,7 ball bilan kontraktga, 68 ball bilan grantga kirganlar juda ko‘p. Bu yil ham shunaqa bo'ldi, masalan. Ammo 150 ball bilan super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, darrov ularni tupoyga, bilimsizga chiqaramiz. Yoki ana boring 70 ball bilan super-kontrakt qilishyapti deylik. Ha, to‘g‘ri, bu ball juda past. Ammo bundan ham past olganlar grantda o‘qiyapti, nega ularni emas, doim super-kontraktchilarga ta'na qilamiz? Ikki xil standart bu.

Uchinchidan, yaqin yillargacha o‘qishga kirishda juda katta korrupsiya bor edi. Yaʼni 20 yillar davomida O‘zbekistonda pora bilan bilimsizlar o‘qishga kirishgan. Buni hamma bilardi, barcha shu tizimning bir bo‘lagiga aylanib ketgandi. Lekin o‘sha pora bilan kirganlarning hammasi bir tiyinga qimmat kadr bo‘lib qolgani yo‘q. Ularning ko‘pchiligi 4 yil davomida yaxshi o'qidi, keyinchalik amaliyotda yetarli malaka va tajriba to‘play oldi. Hozir mehnat bozorida ishlayotgan juda ko‘p yaxshi kadrlarning tagini surishtirsangiz pora yoki tanish-bilishchilik bilan o‘qishga kirgan. Yaʼni bu odamning o‘ziga ko‘proq bog‘liq.

Bugun endi o‘qishga kirishda pora juda kam. Davlat buni har tomonlama oldini ololdi. Super-kontrakt ham porani kamaytirishga katta yordam berdi. O‘sha ko‘chadagi firibgaru, poraxo‘rlarning cho‘ntagini qappaytirib, dang'illama hovliyu dacha qurishga pul bergandan ko'ra, rasman davlatga to'lab, professor-o‘qituvchilar oyligi uchun pul bergan ming marta yaxshi. Birinchidan, bu jinoyatmas. Ikkinchidan, bu gunohmas.

Xulosa.

Super-kontrakt tizimini men ham yoqtirmayman. Bu vaqtinchalik chora. Ishonaman, bu tizim yaqin yillarda butunlay yo‘qolib ketadi. Menga qolsa, yuqorida aytganimdek, o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan hamma bemalol talaba bo‘la olishi kerak. Ya'ni puli bor yoki yo'qligidan qat'i nazar barchada teng imkoniyat bo'lsin.

Ammo o‘qishni tugatish juda qiyin bo‘lishi shart va lozim. Afsuski mana shu joyi bizda hozircha ishlamayotgani uchun, yaʼni bilgan ham, bilmagan ham diplom olayotgani sababli, haqiqatdan super-kontrakt ta'lim sifatiga taʼsir qildi.

Lekin bir narsa — super-kontrakt bilan o‘qishga kirganlar odam bo‘lmaydi, ular unaqa, ular bunaqa, degan gaplar mutlaqo noto‘g‘ri. Test va boshqa imtihonlar insonning barcha qobiliyatini aniqlab berolmaydi. U nimalarga qodirligi kelgusida maʼlum bo‘ladi.

Taqdir shunday narsaki, 189 ball olib, o‘qishga birinchi o‘rinda grantga kirganlar malakasiz kadr bo‘lishi, 60 ball bilan super-kontraktga kirganlar yakunda jamiyatga ko‘proq foydasi tegadigan mutaxassis bo‘lishi mumkin. Hammasi Allohdan.

Shuning uchun fikr bildirishda ehtiroslarga berilmagan ma'qul. Tanganing barcha tomoniga qarash kerak. Bularning barchasi shunchaki shaxsiy fikrlar.

Safimizga qo‘shiling:
https://t.me/joinchat/5LEUGpyDXXs2YjRi
8.3K viewsedited  06:50
Ochish/sharhlash
2022-09-13 18:29:02
CEFR imtihon sanasi aniq bo'ldi!

2022-yilning 2-yarmida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari

Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, ko‘plab talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr oyida ham o‘tkazilishi belgilandi.

Shuningdek, mazkur test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida ham tashkil etilib, har oyda 2 marotaba o‘tkaziladi.

Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn amalga oshirilmoqda (my.gov.uz/oz/service/559).

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Diqqat: To‘lovni amalga oshirgandan so‘ng, test sanasi va joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi.

Safimizga qo‘shiling:
https://t.me/joinchat/5LEUGpyDXXs2YjRi
7.9K viewsedited  15:29
Ochish/sharhlash
2022-09-12 13:38:40
Bolangizni ertaga oʻqib ketaolishiga ishonsangiz super kontrakt toʻlang!

Toshqulov tibbiyot oliygohlariga super-kontrakt bilan oʻqishga kirayotganlar haqida gapirdi.

Oliy taʼlim vazirining ishontirishicha, yetarli bilimi yoʻq bola super-kontrakt bilan oʻqishga kirishi mumkin, lekin bitirolmaydi.

U kredit-modul tizimi taʼlimdagi korrupsiyani yoʻqota olishini daʼvo qildi va jamoatchilikdan buning uchun unga 1-yil vaqt berishlarini soʻradi. “Bu yil faqat sifatga ishlanadi. Natijalar boʻladi. Eshitasiz hali, necha foiz talaba bitirolmadi, shundan necha foizi super-kontrakt”, – dedi vazir Abduqodir Toshqulov.

Safimizga qo‘shiling:
https://t.me/joinchat/5LEUGpyDXXs2YjRi
7.9K views10:38
Ochish/sharhlash
2022-09-10 08:30:44
Rossiyadagi OTMlardan birida o‘qimoqchiman. Diplomim O‘zbekistonda tan olinishi uchun nimalarga e’tibor qaratishim kerak?

Safimizga qo‘shiling:

https://t.me/joinchat/5LEUGpyDXXs2YjRi
9.1K views05:30
Ochish/sharhlash
2022-09-09 13:13:42
Bilasizmi? IELTSdan kamida 7 ball olgan yoshlarga imtihon xarajati qoplab beriladi

Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarga xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi.

Buning uchun fuqaro imtihon topshirish paytida 31 yoshga to‘lmagan bo‘lishi kerak. Sertifikat haqiqiyligi tasdiqlangach, kompensatsiyani naqd yoki plastik karta orqali olish mumkin. Ariza DXM yoki portal orqali beriladi.

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/joinchat/5LEUGpyDXXs2YjRi
8.4K viewsedited  10:13
Ochish/sharhlash
2022-09-08 09:46:13
Ertalabdan har bir OTMda kuzatiladigan yoqimsiz holat

Safimizga qo‘shiling:
https://t.me/joinchat/5LEUGpyDXXs2YjRi
8.0K viewsedited  06:46
Ochish/sharhlash
2022-09-08 08:38:43 ​​#kun_hazili

Odamxo'r maxluq bittasini sudrab ketyapdi.
Sherigi so'rabdi:
- Kimni olib ketyapsan.
-Talabani.
-Tez qo'yib yubor. Kecha men bittasini qozonga soluvdim suv qaynagunicha masalliqlarni yeb qo'yibdi..

Safimizga qo‘shiling
:
https://t.me/joinchat/5LEUGpyDXXs2YjRi
7.0K viewsedited  05:38
Ochish/sharhlash
2022-09-07 20:16:08 #haqiqat

​​- Dada, o‘qimoqchiman.
- Qo‘y, bolam, o‘zi pul kam, ukangning sunnat to‘yini qilishimiz kerak!

- Dada, musiqani o‘rganmoqchiman.
- Qo‘y, bolam, o‘zi pul kam, opangni uzatishimiz kerak!

- Dada, sport bilan shug‘ullanmoqchiman.
- Qo‘y, bolam, o‘zi pul kam, akangning to‘yini qilishimiz kerak!

P.S.: Bolaga "qo‘y-qo‘y" deyaverib, qo‘y qilib qo‘ydik! Mana endi butun dunyo uchun arzon mardikor bozor bo‘lib qoldik!


Manba: Tarixchiuz

Sahifamizga qo'shiling
https://t.me/joinchat/5LEUGpyDXXs2YjRi
1.9K viewsedited  17:16
Ochish/sharhlash
2022-09-06 12:01:11
Toʻlov-shartnomalarni kontrakt.edu.uz orqali onlayn olish boʻyicha videoqoʻllanma

Sahifamizga qo'shiling

https://t.me/joinchat/5LEUGpyDXXs2YjRi
4.4K views09:01
Ochish/sharhlash