Maktablarda qishki taʼtil — 28-dekabrdan boshlanib 10-yanvarga | .
Maktablarda qishki taʼtil — 28-dekabrdan boshlanib 10-yanvargacha davom etadi!
Hukumat qarori bilan maktabda taʼtillarning (kanikul) muddatlari quyidagicha belgilangan:
kuzgi taʼtil — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki taʼtil — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi taʼtil — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi taʼtil — oxirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan (bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.
Taʼtilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga toʻgʻri kelib qolgan taqdirda, dars mashgʻulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
1-sinf oʻquvchilari uchun fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil belgilanadi.
Davlat Test Markazi norasmiy kanali. ✓ Ta'limdagi eng so'ngi yangiliklar;. ✓ Ta'limga doir savolarga javoblar; . . «Barcha abituriyentlarga omad yor bo'lsin!». . 📈 Reklama xizmati: @Rek_info...