Get Mystery Box with random crypto!

Qabul-2022. Talaba ayollar va erkaklar statistikasi Joriy yil | .

Qabul-2022. Talaba ayollar va erkaklar statistikasi

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun 1 mln 146 ming 744 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bunda
:

erkaklar — 542 ming 858 nafar (47,34 %) ni;
ayollar — 603 ming 886 nafar (52,66 %) ni tashkil etdi.

Test sinovi natijalariga ko‘ra 190 ming 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

102 ming 441 nafari (53,8 %) — erkaklar;
87 ming 934 nafari (46,2 %) — ayollar.

Test sinovida ayollar erkaklarga nisbatan o‘rtacha yuqoriroq ball to‘plagan.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha o‘tish bali davlat granti asosida:

erkaklarda — 114,98 ballni;
ayollarda — 127,21 ballni;

to‘lov-kontrakt asosida:
erkaklarda — 90,92 ballni;
ayollarda — 101,94 ballni tashkil etgan.

Xushnudbek

Safimizga qo‘shiling:
https://t.me/joinchat/5LEUGpyDXXs2YjRi