Get Mystery Box with random crypto!

Bir milliarddan ziyod odam vabo xastaligiga duch kelishi mumki | O'zbekiston shifokorlari

Bir milliarddan ziyod odam vabo xastaligiga duch kelishi mumkin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) fikricha, vabo kasalligining dunyo bo‘ylab tarqalish xavfi juda yuqori.
Tashkilotdagilarning ogohlantirishicha, 43 mamlakatda bir milliarddan ziyod odam vabo bilan xastalanish xavfi mavjud.

Ustiga-ustak, 2022 yil dekabr oyida JSST vaboga qarshi ishlatiladigan vaksina tanqis ekani haqida ham ma’lum qilgan edi. Chunki dunyo bo‘yicha vaboga qarshi vaksina zaxirasi juda kam, deydi JSST mutaxassislari.

JSSTning vabo va epidemik diareya xastaliklari bo‘yicha guruhi rahbari Filipp Barbozning ta’kidlashicha, vabo paydo bo‘lish holatlari sonining ortib borish tendensiyasi davom etmoqda. Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, kasallanish holatlari sonining ko‘payishiga birinchi navbatda, qashshoqlik, mojarolar va ofatlar sabab bo‘lmoqda.

Manba: uza.uz

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan