Get Mystery Box with random crypto!

JSST koronavirusning yangi toʻlqini boshlanishidan xavotirda | O'zbekiston shifokorlari

JSST koronavirusning yangi toʻlqini boshlanishidan xavotirda

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlum qilishicha, “omikron” shtammining yangi XBB.1.5 subvarianti 29 mamlakatda roʻyxatga olindi. Qolaversa, u bir necha hafta ichida AQSHda dominant versiyaga aylandi. Hozir yangi mutatsiya Yevropa mamlakatlarida ham keng tarqalmoqda.

“Biz oʻsish surʼatlaridan tashvishdamiz, — deydi JSST eksperti Mariya Van Kerxove. — Chunki hozirgacha maʼlum variantlar orasida XBB.1.5 ning yuquvchanligi yuqori. Xavotirli jihati, u dunyoda koronavirus pandemiyasining yangi toʻlqiniga sabab boʻlishi mumkin".

Tashkilot rahbari Tedros Gebreyesus ham 2022-yil oxirida aniqlangan mazkur mutatsiya haqida toʻxtalar ekan, u “omikron” BA.2 versiyasining rekombinanti ekanligini taʼkidladi.

“Dunyo boʻylab kasallanishning yangi toʻlqini kutilmoqda, — deydi u. — Ammo bu oʻlim koʻrsatkichlari oshishiga olib kelmasligiga ishonamiz. Chunki biz oʻtgan davrda mazkur virusga qarshi kurashish borasida yetarli tajriba toʻpladik”.

Shundan kelib chiqib, mutaxassislar COVID-19ga qarshi buster dozada emlanish eng toʻgʻri chora ekanligini taʼkidlamoqda.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan