Get Mystery Box with random crypto!

​​Mixail Jvaneskiy: “Ayollar bizdan kuchliroq”. “Yigitlar, xa | Книголюб доктор📚

​​Mixail Jvaneskiy: “Ayollar bizdan kuchliroq”.

“Yigitlar, xafa boʻlmanglar, xoʻpmi?  Kimdir aytishi kerak edi!“  – Mixail Mixaylovich Jvaneskiy hikoyasini boshladi.

“Ayollar bizdan yaxshiroq.  Ular aqlliroq, chiroyliroq, chaqqonroq va hayotga yaxshiroq moslashadilar.  Bundan tashqari, ular uzoqroq yashashga muvaffaq boʻlishadi.  Har qanday erkak ayoldan hayot energiyasini oluvchi hisoblanadi.

Ayollardan juda koʻp foyda bor va biz bu haqda oʻylamaymiz ham! Biz, masalan, bolalarni ertalab turgʻizib, ularni epaqaga keltirib, bogʻcha va maktablarga kuzata olmaymiz, sabrimiz yetmaydi.

Ayollar qayerga borsa ham oʻziga qarash uchun vaqt ajratadi, oʻzini “toʻgʻrilab” oladi. Bizga esa avtobusda terlash, qasam ichish, uxlash ruxsat etiladi.  Ayollar tartib bilan yashashga mahkum.

Konsert zallarida, teatrlarda, maruzalarda koʻpchilik ayollardir.  Koʻpchilik erkaklar qayerda?  Futbolda, qamoqxonada, psixiatriya shifoxonasida, detoksifikatsiya markazida... Ayollarning bu bemaʼnilik bilan shugʻullanishga vaqti yoʻq.

Erkaklar zaif jins vakillaridir.  Ular koʻproq ichishadi, koʻproq chekadilar, erta oʻlishadi, yurak kasalliklariga, depressiyaga koʻproq moyil boʻladilar.

Ularda ikki ish kuni bor: uyda va ishda.  Ayollar dunyodagi barcha ishlarning 70 foizini bajaradi va barcha ish haqining 30 foizini oladi.  Lekin rostini aytsam, ular ikki barobar koʻp mehnat qilishadi ...
Yigitlar, siz tor yubkada baland poshnali tuflida trolleybus ortidan yugurishga harakat qilganmisiz?

Yigitlar, meni xoin deb hisoblamanglar, lekin xalq donoligidan tashqari, xalq ahmoqligi ham bor.  Va buni erkaklar ixtiro qilishadi.  Hind xalqining beva ayollarni yoqish odati boʻlsin, Xitoyda qizlarning oyoqlarini kesish, Afrikada ayollarni sunnat qilish, hijob va chachvonlar - bularning barchasi ayollarni masxara qilish uchun erkaklar tomonidan oʻylab topilgan.

”60 yoshli erkak – yigit, 60 yoshli ayol – kampir" degan haqoratli gapni kim aytdi?  Erkaklar bir shimni ishgayam, restorangayam, uygayam kiyishi mumkin, lekin ayollar poyabzalini almashtirishi, kiyimini almashtirishi va biz bilmagan boshqa narsalarni oʻzgartirishi kerak. Agar biz erkaklar shu ishlarni qilganda nimani qayerga kiyishda adashib ham ketardik.

Aql-chi?  Ayol erkak bilan birinchi uchrashuvda uning mashinasiga eʼtibor beradi va uning “boshida” nima borligiga eʼtibor beradi.  Xoʻsh, kim aqlli?  Hech bir ayol erkakning oyoqlari chiroyli boʻlgani uchun uning orqasidan yugurmaydi.  Ular bizdan koʻproq narsani xohlashadi.  Pul, jamiyatdagi mavqe, aql.

Har bir muvaffaqiyatli erkakning orqasida bu muvaffaqiyatni yaratgan ayol turadi.  Xoʻsh, kim aqlli?  Ayollarning ahmoqligi haqidagi afsonani ularga yetarlicha mehr, e'tibor, mablagʻ bermagan erkaklar oʻylab topishgan aslida.

Hech boʻlmaganda boshqa davlatga erga tekkan ayolni oling. Yahudiy eri nega rus xotini uni bu yerga olib kelgani haqida oʻylayotganda, u allaqachon til oʻrgangan boʻladi, ishga joylashadi, oʻzi va ota-onasi uchun kvartira sotib oladi, bolalarini maktabga qoʻyadi va nolimaydi ham.

Ayollarsiz dunyo mavjud emas.  Yigitlar, ertami-kechmi ayollar  bizsiz qanday yashashni ham tushunib qolishadi.
Shuning uchun ularni juda kech boʻlmasdan qadrlang, ularni seving, bagʻringizga bosing!"

Manba

@salimov_blogi