Get Mystery Box with random crypto!

BIRI HAYOT BIRISI- ZAMONA QAHRAMONI. Ellar ichra yorug’dir, | OGULNUR MAGSATBAYEVNA /🇺🇿

BIRI HAYOT BIRISI- ZAMONA QAHRAMONI.


Ellar ichra yorug’dir,
Mudomi elimning yuzi
U intilar murodga
Umidi haq yulduzi.

Erta sahardan orzu,
Qanotlarin yoyadi.
Quyoshdan olib yog’du,
Nurga yuzin chayadi.

Har bir o’g’il qizining,
Qalbi to’la dunyoga.
Hech qaysisi bemaqsad,
Kelmagan bu dunyoga.

Borgan yerin manzilin,
Bo’ston qilsam deb yashar.
Hayotini, umrini ,
Doston qilsam deb yashar.

Mana bitta bul qizi ,
Qanday aziz diydori .
Tushib haqning nazari ,
Hur Vatan bayroqdori.

Kadxudo el bag’rida,
O’sib kamol topgan qiz.
Tug’ilgan el dovrugin,
Olamga taratgan qiz.

Ziyoratga keldilar ,
Ilmlar mehrobiga .
Qolmagay hecham dili,
Tashvishlar girdobiga .

Ko’zga suray deb kelmish,
Qahramon ustoz izin.
Qahramon onajonni,
Alqar qahramon qizin.

Ikki jahon uchrashdi,
Na qalblar jovidoni.
Biri hayot birisi,
Zamona qahramoni!


A.Sobirov - Xorazm viloyati Gurlan tumani
5-UO’T maktabi ma’naviyat targ’ibotchisi

@DMALAK_uz