Get Mystery Box with random crypto!

#Olimpiada_2022 #Yosh_shaxmatchilar #Yoshlar_ishlari_agentligi | Dilnozaxon Kattaxonova

#Olimpiada_2022 #Yosh_shaxmatchilar #Yoshlar_ishlari_agentligi

Shaxmatchi qizlarimizdan navbatdagi g'alabalar

Hindistonning Chennay shahrida bo'lib o'tayotgan 44-Jahon shaxmat olimpiadasining 3-turida quyidagi natijalar qayd etildi:

Umida Omonova - Mbatha Constancega qarshi o'yinda g'alaba qozondi;

Nilufar Yakkubaeva - Mwango Loritani mag'lub etdi;

Afruza Xamdamova - Likando Namakaugadan ustun keldi;

Maftuna Bobomurodova - Phiri Bertha ustidan g'alaba qozondi.

Bugungi 4-turda esa shaxmatchi qizlarimiz Dominikan Respublikasi terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.

Qizlarimizga bugungi turda ham raqiblari ustidan zafar quchishlarini tilab qolamiz!

@dkattakhanova