Get Mystery Box with random crypto!

Nima uchun dunyoning eng kuchli tayanch yarim himoyachilaridan | Otabek Jo'rayev

Nima uchun dunyoning eng kuchli tayanch yarim himoyachilaridan biri muammosiz ketayotgan jamoadan inqirozga botgan klubga o'tmoqda? Bunday savol nafaqat menda tug'ilmoqda.

Raqobatdan ya'ni Kamavinga bilan Chumenidan qo'rmoqdami? Aniq yo'q. Bu ikki jo'jadan, hali jo'jadan, bu bo'ri hattoki xavotirlanmasa kerak-ov.

Pul va ayni paytdan nisbatan yaxshiroq sharoitlar tufaylimi? Bo'lishi mumkin. Ammo mish-mishlarga ko'ra unga deyarli o'sha o'sha maosh taklif qilinmoqda.

Balki 5 karra Chempionlar Ligasi sohibiga yangi challenge kerak, a? Mana bu omil esa asosiyga o'xshamoqda.

Matbuot anjumani kutib qolamiz.

"Real" uchun bu, albatta, yo'qitish, o'ta katta bo'lmasa ham. MYU har tomonlama zo'r transferni amalga oshirmoqda. Kazemiro esa bu transferdan nimaga erishadi? Uning o'yini APLda qovushadimi? Bilmadim, bu savollarga vaqt o'tgach javob olamiz.

Nima bo'lsada, Kazemiroga omad. Хотя, Jahon chempionatini yutmagan bo'lsada, u allaqachon KAYZERmiro

https://t.me/djuraevotabek