Get Mystery Box with random crypto!

Jizzaxning 'Turon' jamoasi munosib kutib olindi Bugun Jizza | Djizakh Football Association

Jizzaxning "Turon" jamoasi munosib kutib olindi

Bugun Jizzax shahri "Turon" mahallasida katta bayram. Sababi, futbol bo'yicha DXX raisi kubogi Respublika bosqichida g'olib bo'lib, faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritgan Jizzax shahrining "Turon" jamoasi keng jamoatchilik hamda mahalla ahli tomonidan tantanali kutib olindi.

G'olib jamoaning barcha a'zolari hamda murabbiylar Jizzax shahar hokimi tomonidan munosib taqdirlandi. Endilikda "Turon" mahallasi yoshlar uchun "Street workout" maydoni hamda Jizzax shahar hokimi tomonidan futbol maydoni qurib beriladigan bo'ldi.

Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi jamoa a'zolarini g'alaba bilan tabriklaydi!

Manba: @Jizzax_yoshlar_agentligi

@Djizakh_football_association