Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi a'zolari yig‘ini | Djizakh Football Association

O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi a'zolari yig‘iniga jalb qilingan futbolchilar o‘zaro ikkiga bo‘lingan holda o‘yin o‘tkazishdi. Murabbiy Abdujamil Shukurov boshchiligidagi ushbu terma jamoa a'zolari jahon chempionati oldidan bir necha kunlar Jizzax viloyati, Zomin tumanida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borishadi.

Terma jamoa yig‘iniga "Jizzax" viloyati jamoasidan Nizom Mamasoliyev, Umid Abduhalilov, Nodirbek Andaqulov, Nuriddin Tursunov, Ulug‘bek Toshpulatov hamda darvozabon Jahongir Berdiyev jalb qilingan. Agarda ushbu futbolchilar murabbiylar e'tiborini ajoyib o‘yinlari bilan torta olishsa terma jamoa bilan yaqinda bo‘lib o‘tadigan Turkiyadagi jahon chempionatiga yo‘l oladi. Bu yo‘lda futbolchilarimizga omad tilaymiz.