Get Mystery Box with random crypto!

Oʻquv markazdagilardan iltimos, oʻquvchi - mijoz jalb qilish u | Django darslari (Mukhammad irmatov)

Oʻquv markazdagilardan iltimos, oʻquvchi - mijoz jalb qilish uchun odamlarni noreal summadagi oylik bilan qiziqtirmanglar. Oʻquv kursini bitirib, eng koʻpida junior(boshlangʻich) darajasida boʻladi, aksariyat holatlarda esa amaliyotchi statusida yetishib chiqadi. Tajriba orttirish uchun bepulga yoki kam oylikka esa ishlagisi kelmaydi, chunki hayolda 1000$ lik oylikda ishlayman deb reja qilib yurgan.

Bu sohada eng kamida 1 yillik tajriba ega boʻlgach, yaxshi daromadga chiqishni boshlaydi. Yaxshi jihati shundaki, dasturchilar juda tez koʻtariladi(albatta oʻz ustida ishlab borsa). Oʻzbekiston sharoitida 5 yillik senior dasturchi, oʻrtacha 2000$ dollardan koʻproqqa ishlashyapti. Boshqa sohalarga qaraganda bu sohada juda tez oʻsish mumkin, faqatgina davomiy bilim olish va oʻz ustida mehnat qilish kerak xolos.

Xullas, ularga vada emas, amaliy bilim bering!
Aks holda sizning ham soqqakash trenerlardan farqingiz qolmaydi!

@djangodarslari