Get Mystery Box with random crypto!

#sport #konferensiya Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalasi | Jamshid Babajanov

#sport
#konferensiya

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalasi ko‘rildi


Toshkent viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi va uning tasarrufidagi tizim tashkilotlarida sportga oid davlat siyosatini yuritilishi hamda yangi 2022/2023-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan viloyat konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Sportni rivojlantirish vazirligi, Toshkent viloyati prokuraturasi, viloyat sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi hamda tuman (shahar) lar sport bo‘limlari, sport ta’limi maktablari ishtirok etishdi.

Sport sohasidagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifati uchun mas’uliyatni kuchaytirish borasida tushunchalar berildi.

Tadbir so‘ngida sportda samarali faoliyat olib borganlarga tashakkurnomalar topshirildi

@Dj_Babajanov