Get Mystery Box with random crypto!

Qanday ummat bo’ldik azizlar, qanday inson bo’ldik! Dinim Isl | Diyor Normamatov | Blog

Qanday ummat bo’ldik azizlar, qanday inson bo’ldik!

Dinim Islom deysiz, shumi asli Islom degani. Payg’ambarim Rasulolloh Sollollohu Alayhi Vassallam deysiz, ularning tarbiyalari shunday buzuq bo’lganmi bizga kabi, faqat o’zlari bilan o’zlari ovora bo’lganmidilar ular? Kitobim Qur’on deysiz, oyatlarni tadabbur qilmaysiz. Uyda chang bosib yotgan Parvardigoringiz kalomida, sizga nimalar uqtirilgan edi? Har bir ne’matga so’ralasiz deyilmaganmidi?

Keling shu hozirgi oxirgi iqror bo’lsin, shu oxirgi afsus bo’lsin, shu oxirgi va’da, shu oxirgi imkon bo’lsin. Endi o’zgaring birodar, asli yo’lingizga qayting. O’zingizni ayblaringizni ko’ring, isloh qiling. Hayotingizni Robbingiz rozi bo’ladigan taraflarga buring endi.

Ahir o’tkinchi bu dunyo, ahir abadiy hayotda hozirlik bu dunyo. O’ynab kulish uchun kelmadik hayotga Alloh chaqirayotganda keling. Ahir Alloh hammalarimizni sinamoqda.

@diyornormamatov