Get Mystery Box with random crypto!

Muammo jasadimda emas, qalbimdadir. Bir necha soatlab ishlas | Diyor Normamatov | Blog

Muammo jasadimda emas, qalbimdadir.

Bir necha soatlab ishlashni jasadim ko’taradi, nomozga turishga kelganda eng kichik sur’alarni tanlab o’qiyman.

Muammo jasadimda emas, qalbimdadir.

Necha bora arzimagan narsalar bilan tunni tongga ulaganman, o’shanda tahajjudga turishim, 2 rakat bo’lsada Nomoz o’qishim mumkin edi. Xa!

Muammo yurakda. jasadda emas.

Aka-ukalarimni ishga o’z vaqtida kelishlariga shunchalar xaristmanki, ularni keraksiz ish qilayotganini ko’rsam qo’limdan kelgancha tanbeh beraman. Lekin ularni Bomdod Nomoziga uyg’otishda muvaffaqiyatsizman. Xatto goho o’zim ham tura olmayman. Dunyo ishlarini barvaqt turib, ibodatim uchun tura olmasligimni ko’rib bildimki, muommo jasadda emas qalbda ekan.

Dunyo xabarlarini, turli mish mishlarni bilish uchun soatlab o’tiraman, yarim soat o’tirib Qur’on o’qishga, zikr aytishga toqatim bo’lmaydi.

Muammo aslida jasadda emas, yurakda.

O’qishdalik kezlarim imtihonga tayyorgarlik qilib muvaffaqiyat bilan o’tish uchun yo’lda ketayotganni ham unutib qo’ygudek, dars tayyorlardim, ammo haqiqiy imtihon uchun butun umrim ham qisqalik qilib qoldi.

Muammo qalbda azizlar. Jasadda emas.

Keksa oqsoqollar tarobeh tugagunga qadar, 20 rakat oyoqlarda tik turishadi, men yosh bo’lsamda 10 rakatga ham chidamay chiqib ketar edim.

Demak muammo jasadda emas, qalbda ekan.

Alloh toqatdan oshig’iga yuklamas ekan, muommoimiz qalbimizda ekan. Gunohlar, hayot lazzatlariga berilish, o’limni unutish kabilar qalbimizni zaif qilib o’zimizni halokatga yetaklamoqda.

Xulosa o’zingizdan azizlar!

@diyornormamatov