Get Mystery Box with random crypto!

Biz kelib ketuvchi to’garak jahon, Na boshi ma’lum na so’ngi a | @diyorcik_uz

Biz kelib ketuvchi to’garak jahon,
Na boshi ma’lum na so’ngi ayon.
Hech kimsa rostini aytib berolmas,
Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon.
Keksa yosh hayotga har kimki yetar,
Hammasi izma-iz birma-bir o’tar.
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar.
Kelmoq qo’lda bo’lsa kelmasdim bir dam,
Ketmoq qo’lda bo’lsa ketmas edim ham.
Juda soz bo’lardi bu g’amxonaga
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.
Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi,
Ko’klam o’tib ketdi, qish kelib etdi.
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi,
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.

Umar Xayyom

D A X O