Get Mystery Box with random crypto!

#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор #Princeton_University #Naman | Diyorbek Egamov

#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Princeton_University
#Namangan_Prezident_maktabi

GO‘ZALXON: "AEROKOSMIK MUHANDIS BO‘LMOQCHIMAN..."

Nano sun'iy yo‘ldosh yig‘ish va stratosferaga uchirish bilan shug‘ullanuvchi TOP-20 qizlar jamoasi safidan o‘rin olgan Go'zalxon Haydarova AQSHda 7-o'rinda turuvchi Princeton universitetiga 100% grant asosida o'qishga kirdi.

"O‘zbekistonda nanoyo‘ldosh uchirilganda ishtirok etganman, keyingi gal haqiqiy yo‘ldosh uchirmoqchiman".

"Princeton universitetida grant yutishdan ko‘ra o‘qishga kirish qiyinroq. Talabgorning oilasi yiliga 65 ming dollardan kam daromad topsa, universitet o‘qish pulini qoplab beradi".

"Hayotdagi shiorim: qiz bola bo‘lganingdan afsuslanma!"

"Nigeriyalik o‘rtog‘im kompyuter darslariga qatnashish uchun o‘g‘il bolaga o‘xshab kiyinib borishga majburligini aytib bergandi".

"HECH BIR QIZ O‘QISH UCHUN YOKI O‘ZI XOHLAGAN ISHDA ISHLASH UCHUN QIZ BOLA BO‘LGANIDAN AFSUSLANMASIN".

"Prezident maktablari ko‘plab iqtidorli o‘quvchilar uchun muvaffaqiyat tomon qo‘yilgan birinchi qadam bo‘la oldi".

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube