Get Mystery Box with random crypto!

Hozirgi zamonda yangiliklar shu qadar ko’pki, zamon shu qadar | TOHIRJONOV BLOG

Hozirgi zamonda yangiliklar shu qadar ko’pki, zamon shu qadar shiddatliki bir biznesingiz bo’lsa, uning to’g’ridan-to’g’ri operatsiyasidan chiqib ketib, boshqa biznes qila olmaysiz. Bugun o’smasangiz, bugun islohot qilmasangiz bugun cho’kasiz.

Bir biznesning operatsionkasidan chiqib ketib, boshqa ishga qo’l urish uchun nima qilish kerak?

– Tizim! Ha, tizimlashtirish kerak. Ahamiyat bering, katta korxonalar borgan sari kengayib, rivojlanib boraveradi. Chunki korxonada hamma o’z lavozimiga mos qo’yilgan, hamma o’z ishini biladi, har oy har bir shaxs o’ziga yuklatilgan vazifa bo’yicha hisobot topshiradi. Buxgalter audit hisobotlarini, HR menejer xodimlar samarasi va ishga olish hisobotlarini, marketolog marketing hisobotlarini va hokazo.

Tizimni qanday qilib hosil qilish mumkin?

– Hamma korxonalar boshida o’zi tuzgan, o’zi tahlil qilgan tizim bo’yicha ish olib borishadi. Bu holat sodda tizim bilan ishlash qiyin bo’lgungacha davom etadi. So’ng korxonalar tizimlashtirib beruvchi kompaniya servislaridan foydalanishadi.

@Diyorbek_Tohirjonov