Get Mystery Box with random crypto!

Sunnat to'y Qishlog'imizdagi bolalarda velosiped sotib olish | Diyorbek - IT Blog

Sunnat to'y

Qishlog'imizdagi bolalarda velosiped sotib olish uchun yagona imkoniyat bo'lardi - sunnat to'y.

Aksiga olib menikida yetarlicha pul tushmagan, 6 yosh edim. Bozorga borib, velosiped o'rniga dendy sotib olganmiz.

Mario o'ynayverib, boshqargichini buzib qo'yardim. Keyin ichini ochib, o'zim tuzatishga harakat qilardim. Ko'pincha ishlardi.

O'ylab qoldim, o'sha payt velosiped olganimda bugun dasturchi bo'lmasmidim deb. Hammasi yaxshilikka ekan. Velosipedsiz ham ajoyib bolalik bo'lgan.