Get Mystery Box with random crypto!

Diyorbek blogi(nofilter)

Telegram kanalining logotibi diyorbek_blogi — Diyorbek blogi(nofilter) D
Telegram kanalining logotibi diyorbek_blogi — Diyorbek blogi(nofilter)
Kanal manzili: @diyorbek_blogi
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 58
Kanalning ta’rifi

Subyektiv fikrlarimni baralla ayta oladigan “sahnam”ga xush kelibsiz.

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-02 09:47:38 Дориси йўқ жаннатларга кетган болам

Доридан заҳарланиб вафот этган 18 норасиданинг пок хотирасига бағишлайман...

Мунчоқ кўзи шифтга боқиб ётган болам,
Нигоҳида аччиқ савол қотган болам,
Мурғак жони ўлим таъмин тотган болам,
Кенг дунёни кўзимга тор этган болам,
Дориси йўқ жаннатларга кетган болам.

То томирда шайтон қони оқар экан,
Докторлар ҳам чўнтагингга боқар экан,
Дори дея ичганинг нақ заҳар экан,
Тили чиқмай, аршга оҳи етган болам,
Дориси йўқ жаннатларга кетган болам.

Кечагина юрган эдинг ўйнаб-кулиб,
Бир лаҳзада гулдай юзинг қолди сўлиб,
Aйт, қўлимдан нима келди отанг бўлиб?
То қиёмат бағримни чок этган болам,
Дориси йўқ жаннатларга кетган болам.

Кимдир ёрдам берарми деб гирёнасан,
“Қандай айб иш қилдим”, дея ҳайронасан,
Aжалнингмас, сен бизнеснинг қурбонисан,
Совуқ кунда совуқ қабр ютган болам,
Дориси йўқ жаннатларга кетган болам.

Йўқ, кечирма дорифуруш қаллобларни,
Виждонини пулга сотган жаллобларни,
Очкўзларни, суллоҳларни, каззобларни,
Бутун юртнинг ёқасидан тутган болам,
Дориси йўқ жаннатларга кетган болам.

Дориси йўқ жаннатларга кетган болам...

Отабек Тиллаев
248 viewsedited  06:47
Ochish/sharhlash
2023-01-01 19:30:55 2023-yilda eng birinchi ahd qildingiz?

P.S..Men yozib borishga(kundalik)
192 views16:30
Ochish/sharhlash
2022-12-31 22:00:14
Hammani hamma tabriklikon narsa bilan tabrikliman
219 viewsedited  19:00
Ochish/sharhlash
2022-12-31 11:46:41
"Karoche narmanli dvijeniya qivurasla"
Hazil albatta menimcha 6 oylik kanal uchun normalroq natija.
Albatta bu kanal shunchaki oʻzim uchun ochilgan edi keyinchalik ozroq ommalshtirdim, oʻz fikrlarim, rejalarim va kamchiliklarim bilan boʻlishdim. Yil oʻz poyoniga yetib borayabdi, "lekin hayot davom etadi"
Men bu yilni oʻzim uchun "#Muqaddima" deb nomladim.
Sizchi? Tugayotgan yilni qanday nomlardingiz? Joriy yil nimalarga erishdingiz va nimalarni yoʻqotdingiz?
Keloyatgan yilga #Goalset tuzdingizmi?
Xullas oʻzingizni sarhisob qilib koʻring!

P.S.. GOALSET- bu maqsadlar roʻyxati
224 viewsedited  08:46
Ochish/sharhlash
2022-12-29 19:37:27
Hayratlanarli holat!

Kobul universiteti professori jonli efirda barcha diplomlarini yo‘q qildi.

"Bugundan boshlab menga bu diplomlar kerak emas, chunki bu mamlakat taʼlim oladigan joy emas. Agar singlim va onam o'qiy olmasalar, men bu ta'limni qabul qilmayman".

@javlonjovliyev
235 views16:37
Ochish/sharhlash
2022-12-29 17:42:00 #biroz_tabassum
–Yangi yilni qanday kutib olmoqchisan?
–Kutib olmayman oʻzi kirib keladi
232 views14:42
Ochish/sharhlash
2022-12-28 22:32:33 #yil_progresi
▓▓▓▓▓▓▓▓▓▓▓▓ 99%

Yangi yil bilan tabriklaymi yoki shuncha kun o'tib ketgani bilan hamdardlik bildiraymi( o'zimga-o'zim)?
Manba @V_Turakulov
P.S.. Menimcha ozgina achinib(oʻtgan yilga), keyingi yilgi rejalarni tuzgan va bir boshidan amalga oshirgan maʼqul ;)
220 viewsedited  19:32
Ochish/sharhlash
2022-12-27 07:10:28 O’qilmagan kitoblar,
ochilmagan sahifalar,
borilmagan dargohlar,
olinmagan ilmlar,
eshitilmagan suhbatlar,
ko’rilmagan nurli yuzlar,
aytilmagan nuqtalar,
o’rganilmagan kasblar,
kashfini kutayotgan ixtirolar, bo’ylanmagan ufqlar … bisyor hali!

–Doʻstim...
@Diyorbek_blogi
249 views04:10
Ochish/sharhlash
2022-12-25 21:14:33 #Biroz_kulgu
Savodsiz "Tyutor" oʻzini "Twitter" deb tanishtirarkan
276 viewsedited  18:14
Ochish/sharhlash
2022-12-21 14:15:34 Odamlar toʻgʻrisida fikr bildirishga shoshilma. Ular haqida birinchi chiqargan qaroring xato bo'lishi mumkin deyishardi.
Hozir odamlar niqoblar(i)ni shunchalik tez va ustalik bilan almashtiryaptiki, ular haqida birinchi emas o'ninchi fikr(taassurot)im ham xato chiqyapti.
Ularning asl yuzini esa ko'ra olganimcha yo'q.

P.S..Eskilarida shu ahvol, hozirgilarini umuman bilolmasam kerak.
Masalan(seni)
Yuzma-yuz suhbatlashmaguncha
414 viewsedited  11:15
Ochish/sharhlash