Get Mystery Box with random crypto!

Diyor Solijonov | Rasmiy blog

Telegram kanalining logotibi diyor_solijonov — Diyor Solijonov | Rasmiy blog D
Telegram kanalining logotibi diyor_solijonov — Diyor Solijonov | Rasmiy blog
Kanal manzili: @diyor_solijonov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-09-13 22:58:19
Atrofingizdagi 5 ta inson qanday boʻlsa, siz ham xuddi shu insonlar kabi boʻlasiz!

Jamoa tanlashda maqsadlar juda katta rol oʻynaydi. Shunday jamoa tanlangki, maqsadlari 2 dunyolik boʻlsin.

Shaxsan menga jamoamizdagi barcha insonlar yoqadi, barchamiz birgalikda katta yutuqlarga erishishga ishonamiz.

PS: rasmda yoʻq kasbdoshlar xafa boʻlmaysizlar (ashnaqa) boʻp qoldi!

@diyor_solijonov
1.1K viewsedited  19:58
Ochish/sharhlash
2021-07-28 19:48:33
Covid oxirgi paytlarda Juma kunlari jumaga chiqadigan, taqvoli va ovqatni 20:00dan keyin istemol qilishni yaxshi ko'rishi ko'p takidlanmoqda.

Umid qilamanki Covid o'qimishli bo'lishga va ilim olishga qiziqmaydi.

Biroz o'tib yetib boradi albatta..)

PS: o'quv markazi bor insonlarga ulashing.

@diyor_solijonov
203 viewsedited  16:48
Ochish/sharhlash
2021-07-02 00:04:47
Energiya qayerdan paydo bo'ladi?

Ishni masuliyat bilan boshlash, ishni yarmi tugaganligini bildiradi!
Kasbini sevgan inson ishlab charchamaydi, ishlab zavq oladi. Soat nechiligini ahamiyati yo'q sababi unda ishtiyoq bor oldiga qo'ygan maqsadga intilish bor!

Maslahatim kasbingizni seving, shundagina siz hayotingizdan mamnun bo'lasiz. Sababi ishlab charchamaysiz, ishdan tashqari tunda ishlab zavq olasiz, energiya o'z-o'zidan paydo bo'ladi!

@diyor_solijonov
184 viewsedited  21:04
Ochish/sharhlash
2021-05-16 21:51:19

Donishmand insondan so'rashibdi:
-Nima uchun kambag'al odamlar boy odamlarga qaraganda xushmuomalali?


-Oynaga qarang, nimani ko'rayapsiz?
-Men bolalarning hovlida o'ynayotganini ko'ryapan.
-Endi ko'zguga qarang.
U yerda nimani ko'ryapsiz? - O'zimni.
-Ko'ryapsizmi. Oyna ham, ko'zgu ham shishadan, ammo ozgina kumush qo'shish kifoya
-va siz faqat o'zingizni ko'rasiz...


У одного мудреца спросили:
-Почему бедные люди более приветливы и менее скупы, чем богатые?

-Посмотри в окно, что ты видишь?
-Вижу, как дети играют во дворе.
-А теперь посмотри в зеркало.
Что ьы видишь там?
-Себя.
-Вот видишь.
И окно, и зеркало-из стекла, но стоит добавить немного серебра
-и уже ты видишь только себя...

Umar Xayyom
164 viewsedited  18:51
Ochish/sharhlash
2021-05-13 05:26:58
Uyqu shirin, namoz undan shirinroqdir.
Dunyo go'zal, jannat undan go'zalroqdir.
Sabr qiling, ibodatga ajr bordir.
Jannat go'zal, Alloh undan go'zalroqdir.

Dunyo muhabbatin o'ziga joylagan,
Oyning yuzin yopar ehtimol etak.
Rasululloh sevib ayylagan,
Hayit ayyomingiz bo'lsin muborak.

Manba: Abduqodir Sobirov
126 viewsedited  02:26
Ochish/sharhlash
2021-04-21 21:55:37
Rejasiz maqsad - shunchaki istak!

Kattadan-katta maqsadlar qo'yib maqsadga erishish yo'lida kichik harakat qila olmasangiz maqsadingiz shunchaki orzu bo'lib qolishi turgan gap.

Maqsadga erishish zinasini kimdur qurib berishini kutmang, o'zingiz quring. Yaratganni o'zi sizni qo'llaydi.

#motivation
121 viewsedited  18:55
Ochish/sharhlash
2021-04-15 21:43:43
YouTube mutaxassisi emasman ammo tahlil qilishni yaxshi ko'raman!

1-Rasmda Muhammad Ali Eshonqulov akaning YouTube sahifasi statistikasi bilan tanishishingiz mumkin. Agar yaxshilab e'tibor bersangiz 4 soatda ko'rishlar soni 4 mingdan ko'proq.

2-Rasmda 4 kun o'tib ushbu videoning ko'rishlar soni 17 mingdan ortiq. Eng qiziq tomoni oldingi videolar ko'p muddat bo'lganiga qaramay bu darajada ko'rishlar soni ko'paymagan.

Buning siri nimada?

1. Shu video premyera qilinishi e'lon qilingan edi va qo'yilgunga qadar 100 dan ortiq layk to'plagan. Shu sababli algoritm layk bosgan insonlar uchun video joylanishi bilan eslatma (notification) yuborgan.

2. Yarim sarlavha yarim maqola deganidek qo'yilgan sarlavha o'z ta'sirini o'tkazgan bo'lishi mumkin.

3. Vaqt o'tishi bilan obunachilar soni ko'payishi evaziga ko'rishlar soni oshgan bo'lishi mumkin.

PS: YouTube mutaxassisligida o'qishga qiziqish paydo bo'lyapti shekillik)

#soha
112 views18:43
Ochish/sharhlash
2021-04-14 21:24:43

Ты лучше голодай, чем что попало есть.
И лучше будь один, чем вместе с кем попало.

Sen och qolganing yaxshi, to'g'ri kelgan ovqatni yegandan ko'ra.
Va yana bir o'zing bo'lganing yaxshi, to'g'ri kelgan inson bilan bo'lganingdan ko'ra.

Umar Xayyom

PS: Tarjimada xato qilgan bo'lishim mumkin, chunki juda kuchli so'zlar ishlatilgan. Ma'nosini qaymoqli joyini yoritishga harakat qildim)
91 views18:24
Ochish/sharhlash
2021-04-13 21:52:30
Barchangizga Ramazon muborak bo'lsin!

Sabr qilganlar va yaxshi amallar bajarganlar, ana o'shalarga mag'firat va ajr bordir.
83 viewsedited  18:52
Ochish/sharhlash