Get Mystery Box with random crypto!

Insonni nima oʻstiradi? Oldin oʻylar edim kitob, treninglar, | Diyor Solijonov | Rasmiy blog

Insonni nima oʻstiradi?

Oldin oʻylar edim kitob, treninglar, kurslar oʻstiradi deb, lekin oʻzimni analiz qilsam meni yuqoridagi intsrumentlardanda koʻproq oʻstirgan narsa bu #feedback ekan. Yaʼni yaqinlardan sizdagi kamchiliklarni 1 oyda bir soʻrash, albatta soʻrashni oʻzi yetarli emas bildirilgan takliflar ustida ishlash muhim.

1. Biror bir insonni suhbatga chaqirsangiz, suhbatdan soʻng sizdagi qanday kamchilik sezganini soʻrang va siz kelgusi gal suhbatda bu xatoni qilmaslikka intilasiz.

2. Ishga topshirdingiz qabul qilishmadi, hatto birinchi bosqichdan ham oʻtolmadingiz, ish beruvchi kompaniyalar juda koʻp. Birinchi joydan nega rad javobini berishganini soʻrang balki siz rezyume qilishda xatolikka yoʻl qoʻygandirsiz.

3. Sohangiz boʻyicha rivojlanmoqchimisiz, siz bormoqchi boʻlgan manzildan oʻtgan insonlarda qisqacha bosib oʻtgan yoʻli haqida soʻrang. Qilayotgan ishlaringizni ayting, kamchiliklarini soʻrashni unutmang.

Xatoni barcha qiladi, lekin xulosani emas!

@diyor_solijonov