Get Mystery Box with random crypto!

Yoʻldagi insaytlarim... Kecha ustoz Nozimjon aka bilan ishdan | Diyor Solijonov | Rasmiy blog

Yoʻldagi insaytlarim...

Kecha ustoz Nozimjon aka bilan ishdan kech chiqdik tabiiy hol qornimiz och edi, keyin metro yaqinidagi xot-dog sotib oldik. Bu yerda xot-dogni maqsad reklama qilish emas, maqsad Nozimjon akaning qilgan ishida.

Ovqatlanib boʻlgach oʻzimizda qolgan salfetka, sarafan, stakanlarni olib ketdik, shu payt chetroqda paketda musor yoʻlni oʻrtasida turgan ekan. Men ahamiyat bermabman. Nozimjon aka esa yerdagi musor paketni oldida, bu yerlarni ham onamiz tengi insonlar tozalaydi dedi.

Aytishingiz mumkin buni maqola qilib yozishga arzimaydi deb, lekin 21-asrda bunday insonlar oramizda kam. Agar siz kimnidir musor paketini olsangiz albatta musor tashlagan insonni hech boʻlmasa soʻkishingiz mumkin.

Men xursandman Mars IT School ustozlari atrof muhit, ota-onalar haqida qaygʻurishidan. Sababi bolalarning kelajakda qanday inson boʻlib yetishishida bugun kim taʼlim berayotganiga bogʻliq.

@diyor_solijonov