Get Mystery Box with random crypto!

Xafa qilma! Har doim iloji boricha yaqinlaringizni xafa qilma | Diyor Shixnazarov

Xafa qilma!

Har doim iloji boricha yaqinlaringizni xafa qilmaslikga, ularning ko'nglini og'ritmaslikga harakat qiling...


Birovni xafa qilsak u kechirmaguncha Alloh sizni kechirmaydi deb bizga kichkinaligimizdan uqtirilgan to'g'rimi?


Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, juda ham shoshilishimiz kerak!
Xafa qilgan insonlarimizni ro'yhatini tuzishimiz kerak...

Agar bizni xafa qilishgan bo'lsa, biz ularni ham ro'yhatini tuzib qo'yishimiz kerak...

Ularning har biridan kechirim so'rashimiz va kechirishimiz kerak va bita-bitta ro'yhatimizdan o'chirib tashlashimiz kerak..


Kechirimli bo'ling Alloh hammadan ko'ra kechirimli zotdir...

Bilasizmi? Inson zoti shundayki, unga 100 marta yaxshilik qilib, bir marta noo'rin ish qilsangiz sizni umuman kechirmasligi mumkin, lekin siz million gunoh qilib, bir marta savobli ish qilsangiz Alloh sizning barcha gunoxlaringizni kechirib yuboradi...


Xafa qilmang va kechirimli bo'ling.. Kechirimli bo'lishda aslo Allohga o'xshang demoqchi emasman...
Alloh kechirsin..

Alloh kechirimlilarni sevadi..

Va gapimning so'ngida hech qachon xafa qilmang, birovning ko'nglini og'ritmang zero ko'ngil Allohnikidir...


Izohlarda kamchiliklari bo'lsa yozib qoldiraasiz degan umiddamiz..

Xulosa o'zingizdan
Sizga arzimagan bo'lsa ham tajriba berish bizdan...

Allohga omonatsiz qadirdonim...

Hurmat ila Diyor Shixnazarov

@diyor_shixnazarov