Get Mystery Box with random crypto!

𝑫𝒊𝒚𝒂𝒏𝒆𝒕 𝑺𝒄𝒉𝒐𝒐𝒍 | 𝑹𝒂𝒔𝒎𝒊𝒚

Telegram kanalining logotibi diyanettalim — 𝑫𝒊𝒚𝒂𝒏𝒆𝒕 𝑺𝒄𝒉𝒐𝒐𝒍 | 𝑹𝒂𝒔𝒎𝒊𝒚 𝑫
Telegram kanalining logotibi diyanettalim — 𝑫𝒊𝒚𝒂𝒏𝒆𝒕 𝑺𝒄𝒉𝒐𝒐𝒍 | 𝑹𝒂𝒔𝒎𝒊𝒚
Kanal manzili: @diyanettalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 416
Kanalning ta’rifi

-𝑻𝒂𝒃𝒊𝒊𝒚 𝒗𝒂 𝒂𝒏𝒊𝒒 𝒇𝒂𝒏𝒍𝒂𝒓
-𝑪𝒉𝒆𝒕 𝒕𝒊𝒍𝒍𝒂𝒓𝒊
-𝑵𝒐𝒕𝒊𝒒𝒍𝒊𝒌
𝑶𝒏𝒍𝒊𝒏𝒆 𝒗𝒂 𝒐𝒇𝒇𝒍𝒊𝒏𝒆
𝑻𝒐'𝒍𝒊𝒒 𝒎𝒂'𝒍𝒖𝒎𝒐𝒕 👇
998887004656
Kurslar bo'yicha @Diyanet_talim ga murojaat qiling

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-09 12:15:00
Diqqat yangi kurs!

Ingliz tili "Pre intermediate" kursimizga qabul ochildi!

Ustoza: Rixsiyeva Sarvinoz

Dars kunlari: Seshanba
Juma


Dars soatlari: 15:00

Kurs narxi: 250.000 so'm

Darslar online tartibda zoom dasturida bo'lib o'tadi.

- Ustozamiz Webster University o'quvchisi davlat grandi asosida o'qiydilar.
- CEFR B2 sertifikat sohibasi

Siz ham tajribali ustozamizdan dars olishni hohlaysizmi?

Kurs haqida ma'lumot olish uchun administratorimizga murojaat qiling!

Offline kurslar haqida ma'lumot olish uchun: +998978002322

Diyanet School: "Mukammallik sari"

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegam | Instagram | Facebook
82 views09:15
Ochish/sharhlash
2023-03-09 10:21:01
"Ayo Sofiya" keling u haqida gapni tarixga nazardan boshlaymiz!

"Ayo Sofiya" – ibodatxona. Vizantiya imperatori Konstantin II tomonidan 360 yilda bunyod etilgan cherkov. "Ayo Sofiya"ning to‘liq nomi – "Avliyo Sofiya ibodatxonasi".

Bu ibodatxona aslida Vizantiya imperatori Konstantin ikkinchi tarafidan 360 yilda bunyod etilgan. U yog‘ochdan qurilgan bo‘lgani uchun 404 yilga kelib yonib ketgan. O‘sha yili ibodatxona birinchi bor ta’mirlangan. Ibodatxonaning hozirgi binosi esa Vizantiya imperatori Yustinyan birinchining buyrug‘iga ko‘ra, 532-537 yillarda barpo etilgan.

1204 yilgacha u zilzilalar va yong‘inlar tufayli ta’mirlangan. O‘sha yili salibchilarning qo‘liga o‘tgan ibodatxona 1261 yilgacha Rim katolik cherkoviga aylantirildi. 1261 yilda vizantiyaliklar Istanbulga egalikni qaytarib olgach, "Ayo Sofiya"dan yana pravoslav cherkovi sifatida foydalanildi.


1453 yil 29 mayda Usmonli imperiyasi sultoni Fotih Sulton Mehmet Istanbulni egallab olganda "Ayo Sofiya" yaralangan Vizantiya askarlari, ayollar va bolalar uchun boshpana bo‘lgan.

1453 yil 1 iyunda Istanbulda birinchi juma namozini o‘qigan Fotih Sulton Mehmet "Ayo Sofiya" Usmonli hukmronligi ostida masjid bo‘lib xizmat qilishini e’lon qildi. Mehrob va minbar qurildi, qo‘ng‘iroq va xoch olib tashlandi. Devordagi suratlar berkitildi.


"Ayo Sofiya" Turkiyaning eng ko‘p odam tashrif buyuruvchi ziyoratgohlaridan biri sanaladi. Uni yiliga bir necha million kishi ziyorat qiladi.


Istanbulga borsangiz, albatta, "Ayo Sofiya"ga kiring! Ikki rakaat namoz o‘qing! Ruhingiz yengil bo‘ladi. Allohning qudrati buyukligini bu yerda yaxshiroq his qilasiz.

Ushbu ma'lumotlar sizga foydali bo'ldimi?

Siz "Ayo Sofiya" haqida qanday ma'lumotlarni bilasiz?

Diyanet School: "Mukammallik sari"

Telegram | Instagram | Facebook
83 viewsedited  07:21
Ochish/sharhlash
2023-03-09 07:01:47
Eng qiziq savollarga javob beramiz!

Turk tilini qancha vaqtda oʼrganamiz?

Magistraturada o'qish uchun nimalar qilish kerak?

"TÖMER" qayer u uchun qayerda oʼqiladi?

"CEFR" qanday olinadi?

Bakalavrda Turkiyada oʼqish uchun nimalar qilish kerak?

Turkiyada magistratura oʼqish uchun til sertifikati kerakmi?

Turkiyada Magistratura/Bakalavr oʼqish uchun qanday sertifikat kerak?

Qachon deysizmi?
Biz bu uchun alohida Ovozli chat uyushtirdik!

Ustoza: Fotima Rakhmatillaeva

Ovozli chat bo'ladigan sana: 11- mart shanba!

Hammaga qulay vaqtda ya'ni O'zbekitson vaqti bilan 21:00 da

Ovozli chat mavzusi: "Savol-javob"

Ayollarimiz iltimoslariga asoslanib ovozli chatni "Diyanet School Ayol-qizlar bo'limi"da o'tkazamiz

Barchani mehr ila chatga taklif etamiz!

Quyidagi havola orqali kanalga ulanib oling

https://t.me/diyanet_school
73 views04:01
Ochish/sharhlash
2023-03-09 05:00:55
Xayrli tong!

Bahor tonglarida o'zgacha nafislik va muloyimlik bor!
Siz ham buni sezasizmi?

@diyanettalim
70 views02:00
Ochish/sharhlash
2023-03-08 05:01:47
Xayrli tong!

Assalamu alaykum imonli musulmon ahli. Yaratgan Egamiz nasib etgan kun muborak baraka, omad tilaymiz.

Bugungi kun uchun shukronalik keltirdingizmi?


@diyanettalim
126 views02:01
Ochish/sharhlash
2023-03-07 13:38:56
Ha aytgancha...

Diyoraxon ustozamizda yangi kurs ochilayapti

CEFRga tayyorlov kursi, Zamonaviy Arab tili!

Ustoza: Abdullayeva Diyoraxon

Boshlanish sanasi: 16-mart

Dars kunlari: Seshanba
Payshanba


Darslar soat 18:00 da zoom dasturida bo'lib o'tadi

Ustozamiz Sharqshunoslik Universitetini tamomlagan.

Misr metodikasi asosida dars o'tadilar!

Kurs narxi: 250.000 so'm


Kursda siz nimalarni o'zlashtirasiz?
- Yozib tushunish:
- O'qib tushunish:
- Grammatika:
- So'zlashish:
- CEFR imtihoniga tayyorlanish


Kurs haqida to'liq ma'lumot olish uchun administratorimizga murojaat qiling!

Offline kurslar haqida ma'lumot olish uchun: +998978002322

Diyanet School: "Mukammallik sari"

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegam | Instagram | Facebook
85 views10:38
Ochish/sharhlash
2023-03-07 13:17:18 Davom etamizmi?

Sizni uzoq kuttirishni hohlamadik!

Bu e'lonni bepul videochatimizni kutayotgan yaqinlaringizga yuborib qo'ying!


Videochat kuni: 16- mart
Payshanba


Boshlanish vaqti: 21:00

Ustoza : Abdullayeva Diyoraxon

Mavzu: "Arab tili gramatikasi va so'zlashuv" 2- qism

Manfaatli uchrashuvga do'stlaringizni ham taklif qiling, bizning kanal
Telegam | Instagram | Facebook
175 viewsedited  10:17
Ochish/sharhlash
2023-03-07 05:01:58
Xayrli tong!

Kuningiz fayzli va barokatli bo'lsin!

@diyanettalim
77 viewsedited  02:01
Ochish/sharhlash
2023-03-06 11:10:03 Imkon topsangiz sha’bonning oʻn beshinchi kuni roʻza tuting.

@diyanettalim
86 views08:10
Ochish/sharhlash
2023-03-06 11:10:03 BAROAT KECHASI YAQINLASHYAPTI

Baroat kechasi Sha’bon oyining oʻn toʻrtinchi kunidan oʻn beshinchi kuniga, 2023-yilning 6-martdan 7-martga oʻtar kechasiga toʻgʻri keladi.

“Baroat” soʻzi arab tilida “ozod boʻlish”, “najot topish” degan ma’nolarni anglatadi. Bu kechaning baroat, ya’ni najot topish, ozod boʻlish kechasi deya nomlanishiga sabab, unda Alloh taoloning rahmati sababli behisob insonlar doʻzaxdan najot topadilar.

Bu qanday kecha?
hadis:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “(Ey Oysha,) bu kecha qanday kecha ekanini bilasizmi?” dedilar.
Men: “Alloh va Uning Rasuli biluvchiroq”, dedim.
“Bu sha’bonning oʻn beshinchi kechasidir. Alloh azza va jalla bu kecha Oʻzining bandalariga rahmat nazari bilan qaraydi va magʻfirat soʻrovchilarni magʻfirat qiladi, rahm soʻrovchilarga rahm qiladi, dillarida musulmonlarga nisbatan gina, adovat saqlovchi kishilarni qanday boʻlsa, shunday holatda qoʻyib qoʻyadi”, dedilar.

Bu kechada nimalar sodir boʻladi?
hadis:
Oysha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Bu kechada (ya’ni sha’bonning oʻn beshinchi kechasida) nimalar boʻlishini bilasizmi?” dedilar.
Oysha roziyallohu anho: “Yo Allohning Rasuli, bu kechada nimalar boʻladi?” dedilar.
U zot: “U kechada Odam bolalarining bu yilda tugʻiladiganlari va bu yilda vafot etadiganlari yoziladi va u kechada ularning amallari koʻtarilib, rizqlari nozil boʻladi”, dedilar.

Bu kecha gunohlar magʻfirat qilinadi.
hadis:
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

“Alloh taolo sha’bonning oʻn beshinchi kechasi dunyo osmoniga (Oʻzining sha’niga muvofiq) tushadi va Allohga shirk keltirgan va qalbida gina, qudrat bor kishidan boshqa barchani magʻfirat qiladi”.


Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
“Alloh taolo sha’bonning oʻn beshinchi kechasida rahmat nazari bilan qarab, shirk keltiruvchi va qalbida birorta musulmonga nisbatan gina-adovat saqlovchi kishilardan boshqa barcha maxluqlarini magʻfirat qiladi”.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Sha’bonning oʻn beshinchi kechasi Alloh taolo bandalariga rahmat nazari bilan qaraydi. Ikkita shaxsdan boshqa barchani magʻfirat qiladi: biri ginachi, boshqasi nohaq odam oʻldiruvchi”, dedilar.

Bu kecha duolar qabul boʻladi.

Usmon ibn Abul Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
“Qachon sha’bonning oʻn beshinchi kechasi boʻlsa, bas, (Alloh taolo tarafidan)bir nido qiluvchi nido qiladi: «Birorta magʻfirat soʻrovchi bormi, Men uni magʻfirat qilaman! Biror narsa soʻrovchi bormi, Men unga beraman”, deydi. Shu vaqtda kim (qalbidan) soʻrasa, unga (oʻzining sha’niga muvofiq) beriladi. Zinokor hotin va mushrikdan boshqa (Bular oʻzlarining yomon amallari sababidan Alloh taoloning ne’matidan mahrum boʻlgandirlar).

Imom Shofe’iy rohmatullohi alayh aytadilar:
“Bizga shu gap yetdiki, besh kechada duolar qabul qilinar ekan: juma kechasi, iydul azho kechasi, iydul fitr kechasi, rajab oyining avvalgi kechasi va sha’bon oyining oʻn beshinchi kechasi”.

Bu kecha odamlar doʻzaxdan ozod qilinadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
Jabroil alayhissalom mening oldimga kelib, aytdilar:
“Bu sha’bonning oʻn beshinchi kechasidir. Alloh taolo bu kechada koʻp odamlarni doʻzaxdan ozod qiladi. Ularning adadi Kalb qabilasi qoʻylarining junlaridan ham ziyoda boʻladi. Faqat bu kechada Alloh taologa shirk keltirgan, ginachi va qarindoshlik aloqalarini uzuvchi, izorini (manmanlik bilan)toʻpigʻidan pastga tushirib yuruvchi, ota-onasiga oq boʻluvchi va xamr ichuvchi kishilarga rahmat nazari bilan qaramaydi”.

Bu kecha qanday amallarni bajarish lozim?

Xufton va bomdod namozini jamoat bilan ado eting;

Tavba va istigʻfor aytishga e’tibor qiling;

Oʻzingiz va barcha ummat uchun xayrli duolar qiling;

Toqatingiz yetganicha zikrlar, nafllar, Qur’on tilovati qiling;
101 viewsedited  08:10
Ochish/sharhlash