Get Mystery Box with random crypto!

Ko’p berilayotgan savollarga qisqacha maslahat post yozmoqchim | Discovery Education

Ko’p berilayotgan savollarga qisqacha maslahat post yozmoqchiman.

Savol: Viza olishda kimdir yordam berishi mumkinmi?
Javob: Koreyaga hech qachon va hech kim viza olib berolmaydi. Viza yakuniy natijasi, topshirilgan hujjatlar asosida, faqat elchixona yoki immigration yakuniy qarorni qabul qiladi. Orada qo’shimcha hujjat talab qilinishi yoki suhbatga chaqirilishi ham mumkin.

Savol: Telex viza va oddiy vizani farqi nimada?
Javob: Qisqa qilib aytganda, telex vizaga hujjatlar immigration tomonidan ko’rib chiqiladi, oddiy vizaga esa elchixona tomonidan ko’rib chiqiladi.

Savol: Viza javobi nechi kunda chiqadi?
Javob: Mana shu sanada deb hech kim aniq muddat ayta olmaydi. Hatto bir paytda topshirsa ham, har xil kunda viza chiqgan holatlar bo’lgan. Misol 10 kunda ham natijasi chiqganlar bo’lgan, yoki 40 kunda ham viza narijasi chiqgan holatlar bo’lgan.

Savol: Talaba vizasidan otkaz olsa, nechi kunda qayta topshirish mumkin?
Javob: O’rtacha 3 oy. Lekin otkaz sababiga qarab, 1 yil va hatto 5 yilgacha ham “zapret” qo’yilishi mumkin. Uzoq muddatli zapret asosan topshirgan hujjatni haqiqiyligi isbotlanmaganda yoki qalbaki deb topilganda berilishi mumkin.

Kasbiy ta’lim nima?
Kasbiy ta’limda talaba kasbga o’qitiladi, o’qish odatda 2 yil davom etadi. Va hozirda Koreya hukumati tomonidan kasbiy ta’limni yaxshi bitirgan talabalar ishga joylashganda to’g’ri E7 viza (rasmiy ishchi viza) olishlariga imkon berilmoqda. E7 viza olgandan keyin oila a’zolarini ham Koreyaga taklif etishga ruxsat beriladi.

Viza natijasi chiqishi, o’qish boshlanishiga to’g’ri kelsa nima qilish kerak?
Bunaqa holat har semester kuzatiladi. Bunda oddiy maslahat: O’qish boshlangandan keyin yetib boradigan talaba, oldindan o’qishi bilan bog’lanib, vizaga hujjat topshirgan sanasini yozib, vaziyatni to’g’ri tushuntirgan holda taxminiy borish sanasini rasmiy e-mail orqali yozib qo’yishsin. Bunda ko’p o’qishlar ma’lum muddatga ruxsat berishadi, ayrimlari ruxsat bermasligi ham mumkin. Bu o’qishni ichki tartib qoidalariga bog’liq bo’ladi.

Savol: Moboda vizadan otkaz bo’lsa nima qilish kerak?
Agar otkaz chiqsa 2 ta variant bo’ladi: 1-O’qish bilan gaplashib, vizaga qayta topshirguncha akadem olish yoki online o’qib turish. Bunda akadem yoki onlinega ruxsat beriladimi yo’qmi buni o’qishni o’zi belgilaydi. Ikkisini ham bermasdan otkaz berishi ham mumkin. 2-O’qishni talabani o’zi otkaz qilib kontraktni qaytarishga ariza topshirish. Bunda qaytadigan kontrakt miqdori har xil bo’ladi. Odatda semester boshlanguncha qaytarilsa katta qismi qaytadi, semester boshlangandan keyin esa ma’lum miqdorda 1% dan hatto 100% gacha kamayadi. Bu haqida avval ham bir post yozganman, ko’p holatlar o’zgargan bo’lsada aynan kontrakt haqidagi joyi o’qib chiqishni maslahat beraman https://telegra.ph/Viza-KDB-Akadem-Onlayn-07-19

Savol: Hujjatlari to’liq va kamchilliksiz bo’lsa ham vizadan otkaz bo’lishi mumkinmi?
Javob: Mumkin, Koreyaga borish maqsadi aniq yoki to’liq yoritilmaganligi ham sabab bo’lishi mumkin.

Savol: Vizaga hujjat topshirishda KDB hisob raqamidagi pulni yechib olsa bo’ladimi?
Maslahat: Asosan bakalavr va magistrga topshirganlar 1 oy bo’lganda yechib olishsa bo’layapti. Ammo til kursi (podkurs, telex)da 3 oylik bank shot topshirgandan keyin ham bank hisobida viza natijasi chiqgunga qadar, pulingiz hisobingizda turishini maslahat beraman. Asosan til kursida hujjat ko’rib chiqish vaqtida shu pulingiz turganligi haqidagi malumotnomani qayta so’rab qolishi ehtimoli bor.

Savol: Elchixona uchun KDB hisob raqam talab etilmaydigan o’qishlar ro’yhati o’zgaradimi?
Ha, har yili mart oyini boshida ro’yhat yangilanadi.

Savol: yoshim 25 da, kollejni 6 yil avval bitirganman. Bakalavrga topshirsam kech emasmi?
Javob: 31 yoshda ham kech emasligini isboti mana shu yerda: https://t.me/discoverygroup_uz/2051

Demak qarorni ota-onangiz bilan maslahatlashgan holda qabul qilishingizni maslahat beraman.

Barchangizga a'lo kayfiyat tilagan holda, tez orada Koreyada ko'rishguncha deb, Seul shahridan hurmat bilan Sanjar Narmuradov.