Get Mystery Box with random crypto!

#konstitutsiya IV BOB - Tashqi Siyosat 17-modda. O'zbekist | diplomat's_blog

#konstitutsiya

IV BOB - Tashqi Siyosat

17-modda. O'zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to'la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, forovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo'stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin.

@diplomats_blog