Get Mystery Box with random crypto!

Diplomat Tahlilchilar | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi diplomatik_tahlil — Diplomat Tahlilchilar | Rasmiy kanal D
Telegram kanalining logotibi diplomatik_tahlil — Diplomat Tahlilchilar | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @diplomatik_tahlil
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 117
Kanalning ta’rifi

🌐 Assalomu alaykum!
♻️ Bizning safimizga qo'shilishni xohlagan yoshlar biz bilan aloqaga chiqishi mumkin !
♻️ Faqat biz belgilagan talab kategoriyasiga mos tushish zarur !!!
27.02.2023
© contact with us: @ogabek_norqulov_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-04-10 17:42:13
Йигитлар ўз мускуллари билан ғиштларни синдиришди: Ким Чен Инга Шимолий Корея армиясининг таълимоти кўрсатилди.

Ҳатто ҳинд фильмлари ҳам бундай махсус эффектларга ҳавас қилади.

@Geosiyosatuz
179 views14:42
Ochish/sharhlash
2023-04-06 18:45:39 #news

Jahon Siyosati

Bugungi kunda dunyoda sodir bo'layotgan turli xil muammoli vaziyatlar, turli xil kelishmovchiliklar bilan bir qatorda diplomatik aloqalar o'rnatilishi quvonarli holatdir. Va bugun ushbu postimizda dunyoda sodir bo'lgan eng so'nggi xabarlarni sizlarga ulashamiz.

1. Fransiya prezidenti Emmonuil Makron Xitoyga rasmiy davlat tashrifini amalga oshirdi. Va Pekinda Fransiya rahbari Xitoy bosh vaziri va rahbari bilan suhbatlashdi. Bu amaliy tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad Rossiya - Ukraina mojarosini tugatishda Xitoy asosiy ro'l o'ynashi kerak ekanligi va G'arb bilan birgalikda harakat qilishi kerakligini taklif qilgan va Urushni tugatishga Xitoyni ishontirmoqchi bo'lgan. Ammo Makron Si Szinpin ishontira olmadı deydi Politico o'z sahifalarining birida.

2. Pekinda yana bir tarixiy voqea bo'lib o'tdi. Bunda ikki islom davlati Saudia Arabistoni va Eron Islom Respublikasi o'rtasida rasman aloqalar tiklandi va ikki mamlakatning Tashqi Ishlar Vazirlari buyerda uchrashishdi. Bu ikki mamlakat 2016-yildan buyon diplomatik aloqalar qilmayotgan edi. Bugun esa ikki mamlakat yana viza tizimini tiklab xalqaro aviaqatnovlarni yo'lga qo'ymoqda.

3. AQSH sobiq prezidenti qamoqqa olinmadi! Bundan bir kun oldin Donald Trampning sudi bo'lib o'tdi va o'sha yerda u qamoqqa olingandi, ammo o'sha zahoti quyib yuborildi. Bunga sabab ko'plab ayblar o'z tasdiqini topmagani va Tramp tarafdorlarining norozilik harakatlaridir. Shundan so'ng Sobiq AQSH rahbari o'zining mulkida OAV bilan birgalikda anjuman tashkil etdi va ko'plab savollarga javob berdi. Bular qatori: AQSH iqtisodiyoti zavolga yuz tutayotganligi, Dollarning xalqaro savdodagi pozitsiyasi yo'qolishi hamda Ukraina muommosi sabab kelib chiqishi mumkin bo'lgan uchinchi Jahon Urushiga birdan bir sababchi amaldagi AQSH hukumati ekanligini aytib o'tgan. Undan tashqari bu sud ishlari 2024-yilda bo'lishi kutilayotgan saylov oldidan menga qarshi qaratilgan harakat deb aytadi sobiq prezident.

4. Isroil harbiylari kuni kecha Quddusda namoz o'qiyotgan tinch aholini qamoqqa oldi va Al-Asqo masjididan haydab chiqardi. 400 ga yaqin musulmonlar qamoqqa olingan va Isroilning harbiy bazasiga olib ketilgan. Bu holat butun dunyo tomonidan qattiq muhokamalarga sabab bo'lmoqda va Isroilga qarshi turli xil noroziliklarni keltirib chiqarmoqda. Misol uchun ushbu Isroil harbiylarining agressiv harakatidan so'ng Turkiya respublikasida musulmonlar Isroilning Anqaradagi elchixonasi yonida to'planishgan va Isroilning harakatlarini qattiq qoralagan.

5. Livan davlati Isroilga raketa hujumini uyushtirdi!
Gap kuni kecha Livan tomonidan Isroilga qarata otilgan 9 ta raketa haqida ketmoqda. Va bu raketalarning ko'pchiligi Isroil tomonidan havoni o'zida tutib olingan, ammo nishonga tekkanlari ham mavjud deyilmoqda.

6. Arab Ligasi o'z sammitiga Suriya rahbari Bashar Al-Asadni taklif qildi. Ya'ni Arab Ligasi rahbarlari yaqinda uchrashishni e'lon qilgandan so'ng Suriyani ham ishtirok etishini xohlamoqda. Ma'lumot o'rnida bundan bir necha hafta oldin Saudia Arabistoni Suriya bilan yarashganligini e'lon qilgan edi.

7. 4-aprel sanasida NATO tashkiloti a'zolarining soni yana bittaga ko'paydi. Chunki o'sha kuni Finlandiya NATO ning 31 chi a'zo mamlakatiga aylandi. Endi NATO bilan Rossiya chegarasi 2555 km ni tashkil etadi. ( Finlandiya a'zo bo'lmasdan oldin 1215 km edi ).

Xullas dunyoda global muommolar va turli xil harbiy mojarolar kundan kunga ko'paymoqda. Va Rossiya - Ukraina mojarosi negizida dunyoda yana turli xil koalitsiyalar paydo bo'lmoqda. Misol uchun Rossiya - Xitoy bilan hamkor davlatga aylangan bo'lsa Arab Mamlakatlari o'zining birlashuvini davom ettirishi , shuningdek S.Arabistoni - Eron bilan yarashgani yana AQSH - Yaponiya - Janubiy Koreya hamkorligi bunga yaqqol misol bo'la oladi.

@diplomatik_tahlil
229 views15:45
Ochish/sharhlash
2023-04-03 10:00:59 Arab Mamlakatlari Diplomatiyasi

Arab mamlakatlarining yarashuv siyosati davom etadi! Bundan bir necha kun oldin Saudia Arabistoni Suriya mamlakati bilan diplomatik aloqasini tiklangani haqida bayonot berishgandi. Shundan so'ng Suriyaning poytaxti Damashq shahrida S.Arabistoni o'z elchixonasini ochishini aytib o'tdi.

Endiki navbat Misr - Suriya munosabatlariga keldi. Aynan bu mamlakatlar ham o'z aloqasini 2011-yilgi voqealardan keyin uzishgan edi. Va bugun esa qayta yarashuv siyosati davom ettirishmoqda. Aynan bunga S.Arabsitoni ta'siri katta ekanligi aniq.

Bu uch mamlakat S.Arabsitoni - Misr - Suriya ramazon oyidan so'ng Ar-Riyodda yig'ilmoqchi ekanligini yaqinda e'lon qilishdi. Bu ham arab mamlakatlari diplomatiyasi yutig'i deb atasak ham mubolag'a bo'lmaydi.

@diplomatik_tahlil
260 viewsedited  07:00
Ochish/sharhlash
2023-04-03 09:24:57 RUS diplomatiyasining faollashuvi yoxud AQSH yo'l qo'ygan xatolar.

Biz bilamizki o'tgan yili fevral oyida Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirdi va Ukrainaning 4 ta viloyatini anneksiya qildi. Ma'lum vaqt o'tgach uni o'z tarkibiga qo'shib olganligini aytib o'tishdi. Va bu butun Yevropa davlatlari va shaxsan AQSH tomonidan qattiq qoralandi. Shunday sharoitda AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiya va uning sheriklariga sanksiyalar kirita boshladi.

Shunday sharoitda Rossiya iqtisodiyoti zarar ko'rgandek tuyuldi. Balki Rossiya o'zini o'zi toʻldirish uchun Yevropaga gaz yetkazib berish to'xtatilgandan so'ng U Osiyo mamlakatlariga yetkaza boshladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan gaz ittifoqini tuzishini aytishdi. Va buni taklif qildi. Bu Rossiya-Qozog'iston-O'zbekiston kabi ko'rinishda bo'lish kerak edi. Va buning asosiy sababi Rossiya Markaziy Osiyo orqali Xitoyga gaz yetkazib berishni xohlagandi. Va bu gaz ittifoqi Markaziy Osiyo mamlakatlari tomonidan rad etildi. Xo'sh Rossiya Yevropadan siqib chiqarildi. Lekin nega haligacha urush yakunlamayabdi degan savol tug'lishi mumkin. Bunga asosiy sabab AQSH tomonidan qo'yilgan xatoliklar. Bular:

1. Eronga kiritgan sanksiyalari. Bundan so'ng Eron Rossiyaga do'st mamlakatga aylandi va hatto qurol-yarog' ham yetkaza boshladi.

2. Saudia Arabistoni mamlakatiga Atom elektr stansiyasi qurishga ruxsat bermagani va Atom yaratish uchun ko'maklashmagani

3. Tayvanga yordam berishi. Aynan Tayvan bugungi kunda rasmiy ravishda Xitoy tarkibiga kiruvchi avtonom davlat edi va uni Xitoy Taypeyi deb ataladi. Tayvanga yordam berishi Xitoy bilan munosabatlarini yomonlashuviga olib keldi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak AQSH taktik xatolarga yo'l qo'ydi va buning natijasida Rossiya diplomatiyasi bundan oqilona foydalanib qolmoqda. Aynan Xitoy va Eron bugungi kunda Rossiyaning eng yaqin do'stlari deb tan ham olindi ( Rossiya Yangilangan Konsepsiyasi). Shunday bo'lishiga qaramasdan AQSH ham jim qarab turgani yo'q. U ham allaqachon ikki dushman mamlakati yani Yaponiya va Janubiy Koreyani yarashtirishga ulgurdi. Yaqinda bu uch mamlakat ishtirokida dengiz qo'shinlari amaliy harbiy mashg'ulotlarni boshlashini aytib o'tishdi.

@diplomatik_tahlil
231 viewsedited  06:24
Ochish/sharhlash
2023-03-31 21:50:58 Bir chimdim yumor

- Tahlilchilar sizga bu tahlil nima beradi?

- Endi bu hech nima bermaydi. Bu bir nosni kayfidek kayf

Buni ham tahlilchilar tushunadi

@Sharqshunos_tahlilchilar
209 views18:50
Ochish/sharhlash
2023-03-29 13:45:47 Aynan BIR MAKON BIR YO'L tashabbusi bugungi Xitoy boshchiligidagi Jahon Iqtisodiyotini nazorat qilish, uni o'z metodlari asosida yaratish va dunyo mamlakatlariga qarz berish ( ya'ni investorlik) siyosatini olib borish uchun ishlab chiqilgan. Bugungi kunda aynan O'znekiston ham ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlaydi.

Sizga yuqoridagi postda ushbu loyiha haqida qisqacha tushuntirish uchun ma'lumot topdik. (yuqoridagi post tahlil emas)

O'ylaymanki bugungi jahonda bo'layotgan ishlar juda qiziq va bu xalqaro maydondagi jarayonlar siz-u bizni befarq qoldirmaydi.


#iqtibos

" Siyosat bilan shug'ullanmaydigan musulmonni, Musulmon bo'lmagan siyosatchi boshqaradi ".

Nejmiddin Erbakan

@diplomatik_tahlil
261 viewsedited  10:45
Ochish/sharhlash
2023-03-29 13:36:51 #information

BIR MAKON BIR YO'L
tashabbusi  (BRI yoki B&R).

ilgari Bir belbogʻ, bir yoʻl (xitoycha: 一带一路) yoki qisqacha OBOR — 2013-yilda Xitoy hukumati tomonidan 150 ga yaqin davlat va xalqaro tashkilotlarga sarmoya kiritish uchun qabul qilingan global infratuzilmani rivojlantirish strategiyasidir. Bu Xitoy yetakchisi Si Tszinpin tashqi siyosatining markaziy qismi hisoblanadi. BRI Si „Yirik mamlakat diplomatiyasi“ ning markaziy tarkibiy qismini tashkil qiladi (xitoycha: 大国外交 Xitoyning kuchayib borayotgan qudrati va mavqeiga muvofiq global ishlarda yetakchilik roʻlini zimmasiga olishga chaqiradigan strategiya. Bu Amerika marshal rejasi bilan solishtiriladi. 202-yil avgust holatiga koʻra , 149 mamlakat Bir makon bir yoʻl tashabbusiga aʼzo boʻlganlar roʻyxatiga kiritilgan.

Si Szinpin dastlab 2013-yil sentabr oyida Qozog‘istonga rasmiy tashrifi chog‘ida strategiyani „Ipak yo‘lining iqtisodiy kamari“ deb eʼlon qildi „Kamar“ " Ipak yoʻli iqtisodiy kamari "ning qisqartmasi boʻlib, Gʻarbiy mintaqalarning mashhur tarixiy savdo yoʻllari boʻylab dengizga chiqmaydigan Markaziy Osiyo orqali avtomobil va temir yoʻl tashish uchun tavsiya etilgan quruqlik yoʻnalishlarini nazarda tutadi; „yoʻl“ esa " XXI asr dengiz ipak yoʻli "ning qisqartmasi boʻlib, Janubiy-Sharqiy Osiyo orqali Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikaga olib boradigan Hind-Tinch okeani dengiz yoʻllarini nazarda tutadi.

 Belt and Road Initiative infratuzilma investitsiyalariga misollar qatoriga portlar, osmonoʻpar binolar, temir yoʻllar, yoʻllar, koʻpriklar, aeroportlar, toʻgʻonlar, koʻmir bilan ishlaydigan elektr stantsiyalari va temir yoʻl tunnellarining koʻpaytirilishi kiradi.
Tashabbus 2018 yilda Xitoy Konstitutsiyasiga kiritilgan. Oʻshanda Si Tszinpin ma'muriyati tashabbusni „mintaqaviy aloqalarni kuchaytirish va porloq kelajakka intilish“ deb atadi. Loyiha 2049-yilda yakunlanishini maqsad qilgan bu Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) tashkil topganining 100 yilligi munosabatiga bogʻliq.

Jahon banki tomonidan oʻtkazilgan koʻplab tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, Bir makon bir yoʻl tashabbusining 149 ishtirokchi davlatdagi savdo oqimlarini 4,1 foizga oshirishi, shuningdek, global savdo xarajatlarini 1,1 foizdan 2,2 foizga qisqartirishi va Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotini oshirishi mumkin. Bu koʻrsatkich oʻrtacha 2,6 dan 3,9 foizgachani tashkil qilishi kutilgan.  Londonda joylashgan CEBR maslahatchilarining fikriga koʻra, Bir makon bir yoʻl tashabbusi 2040 yilga kelib jahon yalpi ichki mahsulotini yiliga 7,1 trillion dollarga oshirishi mumkin, va „foydalar keng tarqaladi“. CEBR shuningdek, agar global infratuzilma tashabbusi rivojlanib, jadal rivojlansa, loyiha boshqa mamlakatlarni qoʻshilishga jalb qilishi mumkin degan xulosaga kelgan.

Qoʻllab-quvvatlovchilar Bir makon bir yoʻl tashabbusini jahon yalpi ichki mahsulotini, xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarda oshirish salohiyati uchun maqtashadi. Shu bilan birga, inson huquqlarining buzilishi va atrof-muhitga taʼsiri, shuningdek, neokolonializm va iqtisodiy imperializmga olib keladigan qarz tuzog'i   diplomatiyasi xavotirlari ham tanqid qilingan.

@diplomatik_tahlil
227 viewsedited  10:36
Ochish/sharhlash
2023-03-29 13:36:49
166 views10:36
Ochish/sharhlash