Get Mystery Box with random crypto!

#news Xitoylik Elchining shubhali gaplar yoxud postsovet d | Diplomat Tahlilchilar | Rasmiy kanal

#news

Xitoylik Elchining shubhali gaplar yoxud postsovet davlatlari mustaqilligiga tahdidlar

Bundan bir necha kun oldin Fransiyada faoliyat olib borayotgan Xitoylik Elchining intervyusi butun dunyoni aniqrog'i postsovet davlatlarini sergak tortishi kerak ekanligini ko'rsatib qo'ydi. Negaki SSSR dan mustaqillikga erishgan davlatlar Markaziy Osiyo davlatlari,Ukraina, Belrussiya, Estoniya, Latviya va Litva kabi Ko'plab postsovet davlatlari ushbu Xitoylik Elchining so'zlariga ko'ra suveren emas, ya'ni bu davlatlarni mustaqilligini tan oladigan xalqaro shartnoma yoki hujjat yo'q deya bayonot bergan. Shundan so'ng uning bu intervyusi Ko'plab muzokaralarga sabab bo'ldi. Xatto uning birgina so'zi bilan diplomatik mojaro boshlanishiga ham yaqin turibdi. Uning bayonotidan so'ng Ko'plab Yevropa davlatlari va Postsovet davlatlari, ayniqsa Estoniya, Latviya va Litva kabi davlatlar ushbu elchini Fransiya hukumati tomonidan person non grata (noma'qbul kishi) deb eʼlon qilishni talab qilishgan. Ammo Fransiya hukumati hali bunga to'liqligicha javob bergani yo'q. Shundan so'ng Xitoy Tashqi Ishlar Vazirligi rasmiy bayonot bilan ushbu elchining fikrlari noto'g'ri ekanligini va Xitoy hukumati bu postsovet davlatlarining mustaqilligini birinchilardan bo'lib qabul qilganini aytib rasmiy bayonot bilan chiqdi. Yana qo'shimcha qilib etdiki bu Elchining shaxsiy fikrlari ekanligi, uning bu so'zlarni butun Xitoy hukumati tomonidan aytilganligini anglatmasligini aytib o'tgan.

Bu elchining fikrlariga hali Markaziy Osiyo mamlakatlari javob tariqasida hech qanday fikr berishmagan. Ammo O'zbekistonning Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi kun uzga bergan intervyusida biz hali shoshqaloqlik bilan qaror qabul qilmasligimiz kerak ekanligini, uning bu bayonotini qayta tahlil qilib shundan soʻng firk berish kerakligini, Aynan O'zbekiston Tashqi Ishlar Vazirligi rasmiy bayonot bermasdan turib hech qanday fikr bera olmasligini aytib o'tgan. Va so'zining yakunida o'zining fikrlarida elchi xato qilganligini, bugungi kundan markaziy Osiyo va Postsovet davlatlarining barchasi mustaqil va suveren davlat ekanligini, hatto buni tastiqlovchi xalqaro huquqiy normalar mavjudligini aytib o'tgan. Xullas bu elchining firki hech qanday asosga ega emas va hech qanday huquqiy vakolatga ham ega emas. Shunchaki uning bu qo'shtirnoq ichidagi gaplari diplomatik mojaroni boshlab qo'ydi.

P/s. O'zimizning fikrga keladigan bo'lsak birinchidan diplomat bunaqa shaxsiyatga ega bo'lish kerak emas. Chunki har bir diplomat, elchi o'ylab ish qilishi, o'ylab o'z fikrini ommaga yetkazib berishi zarur, zotan uning fikri hech qanaqa diplomatik mojaroga asos bo'lmasin. Har bir diplomat sabrli bo'lishi zarur. Hamda rasmiy bayonotdan tashqari omma oldida o'zining firkini alohida qilib tushuntirishi zarur, agar o'zining firki bilan davlat nomidan gapirilsa ko'rib turganingizdek Ko'plab mojarolarga olib keladi.

@diplomatik_tahlil